So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

"Barselona" dastlabki turdayoq mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

"Barselona" dastlabki turdayoq mag'lubiyatga uchradi

La Liganing 2019/20 yilgi mavsum ochilish uchrashuvida "Atletik" hamda "Barselona" klublari kuch sinashishdi.

Athletic Bilbao

Aritz Aduriz - 89'

LaLiga . 1-tur

17/08/2019, 01:00

0
:
1
Tugadi

Barcelona

Stadion: San Mames Barria, 47693 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
65'  Unai Nunez
66'  Oscar de Marcos (Oihan Sancet)
81'  Unai Lopez (Benat Etxebarria)
88'  Inaki Williams (Aritz Aduriz)
89'  Aritz Aduriz
89'  Ander Capa
37'  Luis Suarez (Rafinha)
46'  Carles Alena (Ivan Rakitic)
60'  Gerard Pique
76'  Sergi Roberto (Carles Perez)

Bilbao. "San-Mames" stadioni

Bosh hakam: Karlos del Serro Grande

Hakam yordamchilari: Roberto Alonson Fernandes, Abraam Alvares Kanton

Zaxira hakami: David Galves Raskon


"Atletik": Simon, Lopes E., Kapa, Berchiche, Nunes, de Markos, Garsiya R., Garsiya D., Lopes U., Munyain, Uilyams.

Zaxira: Errerin, Balensiaga, Vivian, Tirapu, Larrazabal, Benyat, Aduris.

"Barselona": Ter SHtegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serji Roberto, Alenya, de Yong, Suares, Dembele, Grizmann.

Zaxira: Penya, Umtiti, Firpo, Rakitich, Buskets, Rafinya, Sayol.

Gol: Aric Aduris (90).


YANGILASH

- Uchrashuv yakunlandi. La Liganing dastlabki o'yinidayoq sensaciya qayd etildi.

90+2. Langlening bosh bilan bergan zarbasini Unai Simon qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Vaqt juda ham oz qolmoqda.

89. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL! Hozirgina maydonga tushgan qariya Aric Aduriz qaychi uslubida ter SHtegen darvozasini ishg'ol qildi. Haqiqiy afsona!

88. "Atletik"ning faxriy futbolchisi va afsonasi Aric Aduris o'yinga qo'shildi. U maydonda eng faol harakat qilgan Inyaki Uilyamsni almashtirdi.

84. Grizmanning kam sonli zarbalaridan biri ancha noaniq ketdi. Franciyalik futbolchi bugun maydonda ko'rinmayapti.

80. Navbat mezbonlarga. Maydonni Unai Lopes tark etdi. Maydonga uning o'rniga tajribali Benyat tushirildi.

76. "Barselona" tarkibidagi so'nggi o'zgarish. Serji Roberto maydonni tark etdi, uning o'rniga esa maydonga Karles Peres tushirildi.

71. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich "Atletik" tomonida (9:7).

70. Rakitichning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. To'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

- Bugungi o'yinga 47693 muxlis tashrif buyurdi.

66. "Atletik" tarkibida o'zgarish. Oskar de Markos o'rniga maydonga Tirapu tushirildi.

65. Sariq kartochka. "Atletik" o'yinchisi Unai Nunesning Ivan Rakitichga qarshi qo'polligi uchun hakam uni ogohlantirdi.

61. La Liganing 2019/20 yilgi mavsumidagi dastlabki sariq kartochka "Barselona" himoyachisi Jerar Pikega ko'rsatildi.

56. Langlening xatosidan mezbonlar hujumchisi Inyaki Uilyams unumli foydalana olmadi.

52. Xavfli hujum. Dembelening pasidan so'ng Rafinya to'pni qabul qilib oldi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. O'yinning ikkinchi taymida ham oldingisida bo'lgani kabi o'rtacha temp hukmronlik qilmoqda. Jamoalarga keskinroq hujumlar etishmayapti.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

- Ikkinchi taym oldidan "Barselona"da o'zgarish. Valverde Karles Alenaning o'rniga maydonga Ivan Rakitichni tushirdi.

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ajoyib zarba!!! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rafinyaning uzoq masofadan bergan zarbasini maydon egalari posboni Simon qaytardi va to'p shundan so'ng darvoza to'siniga tekkan holda maydonga qaytdi.

37. "Barselona"da majburiy o'zgarish. Luis Suares maydonni jarohat bilan tark etdi. Uning o'rniga esa Rafinya tushirildi.

37. Maydon egalarining navbatdagi xavfli hujumi yuzaga keldi. Raul Garsiyaning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi ancha kuchsiz chiqdi.

32. "Barselona" hujumchisi Luis Suares maydon egalarining "sovg'a"sidan unumli foydalana olmadi. Urugvaylik futbolchining tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

- "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen hozircha 2ta seyv ijro etdi.

22. Hozircha maydon egalarining ikki xavfli hujumidan boshqa aytarli vaziyat yaratilmadi. "Barselona" esa xavfli vaziyatlarni yaratishda oqsamoqda.

15. "Atletik"ning navbatdagi hujumchi. Inyaki Uilyamsning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasini yana bir bor "Barselona" posboni qaytarib qoldi.

11. Hozircha to'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik "ko'k-anorranglilar" tarafida, ammo ular hali xavfli hujum tashkil qilishganicha yo'q.

7. Xavfli zarba! "Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyamsning uzoq masofadan bergan ajoyib zarbasini Ter SHtegen qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

5. Hozircha jamoalar ehtiyotkorlik bilan o'ynashmoqda. Mavsumning dastlabki rasmiy o'yini ekanligini hisobga olsak, bu normal holat.

1. Uchrashuv boshlandi!

- "San-Mames" stadioni atrofidagi holat

- "Ko'k-anorranglilar" safida esa Netu va jamoa etakchisi Lionel Messilar maydonga tusha olishmaydi.

- Maydon egalari tarkibida jarohati tufayli Guruseta va Ibailar o'yinni o'tkazib yuborishadi.

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Bilbaodagi "San-Mames" stadionida La Liga o'yinlariga start beriladi. Maydon egalari "Atletik" klubi ochilish uchrashuvida chempionatning amaldagi g'olibi "Barselona"ni qabul qiladi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика