So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  18 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

Asqar Umarov: “Tezkor gollar g'alabamiz omili bo'ldi” Yangiliklar

Asqar Umarov: “Tezkor gollar g'alabamiz omili bo'ldi”

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Kecha birinchi ligada “Zomin” safardan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi.

“Kosonsoy”ga qarshi bahsda zominliklar raqiblar darvozasiga javobsiz 6ta (!) to'p kiritishga erishdi. Uchrashuvdan so'ng “Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov bilan suhbatlashdik.

- Avvalo yigitlarga ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Qolaversa ashaddiy ishqibozlarimizni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Rahbariyat va muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandmiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, rosti bunday tekis maydonda o'ynashni yigitlarimiz anchadan buyon sog'inib qolishgandi – deya gap boshladi Asqar Abdukarimovich.

- Zomindan o'yinga to'g'ri etib kelgandik. Yigitlarda baribir oz bo'lsada, charchoq alomatlari sezilib turgandi. Ammo stadionga kirib kelib, maydonni ko'rgan futbolchilarga shunday ko'rsatma berdikki: tezkor gol urib olishimiz zarur. SHundagina hammasi yaxshi bo'lishiga umid bog'ladik. Kutilganidek yigitlarimiz 14 daqiqa ichida 3ta gol kiritdi. SHundan so'ng “Kosonsoy” futbolchilarini o'ynashga bo'lgan ishtiyoqi so'ngandek tuyuldi.

- To'g'risini aytganda, “Kosonsoy”ning o'yinida sezilarli darajada pasayish bo'lganini kurdim. SHaxsan menda shunday taassurot qoldirdi.

- Endi keyingi turni o'z maydonimizda “Oq-tepa”ga qarshi o'tkazamiz. Bo'lajak bahsga bugunning o'zidan tayyorgarlikni boshlaymiz (suhbat 27 sentyabr kuni o'tkazildi). Musobaqa peshqadamiga qarshi kechadigan o'yin oson bo'lmasligi aniq. Lekin biz o'z uyimizda o'ynaymiz va ishqibozlarimizning daldasi ham muhim sanaladi. Albatta “Oq-tepa”ni ham mag'lub etsa bo'ladi. Biz faqat mazkur uchrashuvda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.

- O'tgan yilgiga nisbatan bu yil jamoamizda moliyaviy sharoitlar yaxshi bo'lmoqda. Qarzdorliklar yo'q hisobi. Yigitlarga ham oylik maoshlarini o'z vaqtida to'lab bormoqdamiz. Biriktirilgan homiy tashkilotlar va tuman hokimligi ham qarab turmayapti. Ular ham shunga monand amaliy yordam ko'rsatmoqda. Natija ijobiy bo'layotgani uchun ham ular bilan aloqalar yanada yaxshi yo'lga qo'yilgan.

- Maqsadimiz viloyatimizning asosiy jamoasi “So'g'diyona”ga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab, etkazib berishdir. Qolaversa futbolchilarimizni oliy liga klublariga o'tishi uchun tramplin vazifasini o'tab berishni rejalashtirganmiz. Turli yoshdagi terma jamoalarga munosib nomzodlarni tayyorlab berish eng asosiy maqsadlarimizdan biridir – deydi “Zomin” bosh murabbiyi. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика