Eronlik ekspert: "Yusufi maydondan to'g'ri chetlatildi, Alijonov va penalti bo'yicha qaror ham o'rinli, biroq..."
09 sen 11:25
Yangiliklar


Eronlik ekspert: "Yusufi maydondan to'g'ri chetlatildi, Alijonov va penalti bo'yicha qaror ham o'rinli, biroq..."
"Hakam birinchi bo'limda sog'lom fikr yuritib, Ariya Yusufini to'g'ri tarzda maydondan chetlatdi. Ikkinchi bo'limda esa ikkita bahsli vaziyat yuz berdi.
O'zbekiston terma jamoasi darvozabonining Muhammad Kanoniga nisbatan qo'polligi aniq ko'rinib turibdi, eronlik futbolchi esa raqib darvozaboni bilan to'qnashuvdan oldin qoidani buzmagandi. Hakam penalti belgilashi kerak edi, ammo u nima sababdan fikrini o'zgartirgani menga nomalum".
O'zbekistonlik himoyachi Mehdi Taremiga nisbatan sodir etilgan qo'pollik haqida mutaxassis shunday dedi:
"Bu holatda hakam himoyachiga dastlab sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi, uni maydondan chetlatish xato qaror edi, biroq u VAR tizimini ko'rib chiqqach, o'z qarorini to'g'riladi".
O'zbekiston foydasiga belgilangan penalti bo'yicha Rodneyl quyidagicha izoh berdi:
"O'runov jarima maydoniga kirishidan oldin Taremiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam o'zbekistonlik qanot hujumchisi sodir etgan qo'pollikni qayd etishi kerak edi. Biroq o'yin davom ettirildi, keyingi vaziyatdagi penalti esa to'g'ri belgilandi. Agasi O'ronovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgandi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Hakamlarning xatosi sababli berilmagan penalti Eronda ham, bizda ham 1 ta.
Eron VAXSHIYLARCHA o'ynadi, IFLOS futbol ko'rsatdi. DOIM shunaqa marazlikka asoslangan o'yin ko'rsatadi.
Eronning futbolchilarini shuning uchun yomon ko'raman. Rostdan ham yuqori darajadagi malakaga ega bo'lsada, TOZA futbol bilan ham bemalol yuta olsada MARAZlik ishlatmay turolmaydi negadir. 3-4 marta Fayzullayevni oyog'ini sindirish darajasida tepdi, 2 MARTA butsa tagi bilan tepdi. 1 tasida qizil oldi.
Boshqa murabbiy kelishi to'g'ri deb bilgani uchungina fikr bildirish, MARAZ, NOMARD o'yin ko'rsatganlarni olqishlash uchun insonda XUDBINLIK, XOINLIKKA moyillik bo'lishi kerak.