So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Qozog'iston Prezidenti Toqaev: "Futbol klublarini xususiylashtirish bo'yicha ishlarni tezlashtirish kerak. Busiz futbol rivojlanmaydi" Yangiliklar

Qozog'iston Prezidenti Toqaev: "Futbol klublarini xususiylashtirish bo'yicha ishlarni tezlashtirish kerak. Busiz futbol rivojlanmaydi"

Teglar :  Qasim-Jomart Toqaev
Qozog'iston Prezidenti futbol klublarini xususiylashtirish bo'yicha ishlarni tezlashtirishga chaqirdi.

"Futbol klublarini xususiylashtirish bo'yicha ishlarni tezlashtirish kerak. Bugungi kunda 4 ta Qozog'iston futbol klubi taniqli tadbirkorlar tomonidan boshqarilmoqda. Bu uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

Lekin futbolni tijoratlashtirishni davom ettirish kerak. Jahon amaliyoti ko'rsatadiki, busiz Qozog'istonda futbol rivojlanmaydi.

Professional sportni biznes sanoati sifatida ham ko'rish kerak, bu soha yaxshi daromad keltiradi", – dedi Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev.


2024 yil mart oyida prezident qozog'istonlik tadbirkorlarni "klub futboliga biznes sifatida qarashga" chaqirgan edi.

«Klublar faqat viloyat byudjetlariga tayanib yashamasligi kerak, dunyoda bo'lgani kabi o'zlari daromad topishni o'rganishlari lozim.

Shuning uchun tadbirkorlarni klub futboliga biznes sifatida qarashga chaqiraman. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirishsiz bu ish yurishmaydi.

Agar klublar xususiy bo'lsa, ular chet el sportchilarini taklif qilish huquqiga ega bo'ladi", – degan edi Toqaev.

Joriy yilning mart oyida Qozog'istonda 461 ta subekt raqobatbardosh muhitga o'tkazish uchun tanlab olindi, bu ro'yxatdagilarning ettitasi futbol klubi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика