U-17 xalqaro musobaqasi. O'zbekiston Kanadani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi
06 sen 17:25
Yangiliklar
U-17 xalqaro musobaqasi. O'zbekiston Kanadani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekistonlik futbolchilar 2-tur doirasida kanadalik tengdoshlariga qarshi to'p tepdi va asosiy vaqtda durangga erishdi (2:2). Musobaqa reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda vakillarimiz 6:5 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi.
U-17 xalqaro musobaqasi
Kanada – O'zbekiston 2:2 (penaltilar bo'yicha – 5:6)
Ispaniya. "Antonio Galyardo" stadioni. 17:00
Gollar: Abdusamad Saidov, Sadriddin Hasanov
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi xalqaro o'rtoqlik turniri doirasidagi ikkinchi bahsda Kanadaga qarshi durang qayd etdi.
O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo'minxon Bahodirxonov, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov, 20.Asilbek Aliev.
Zaxira: 12.Shohjahon Saidqulov, 21.Nematulloh Rustamjonov, 2.Mo'minjon Shuhratov, 5.Amirxon Muradov, 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov, 8.Abdusamad Saidov, 9.Nurbek Sarsenbaev, 13.Oyatillo Qaytmasov, 17.Jamshidbek Rustamov, 22.Faridjon Abdullaev, 23.Hojiakbar Yusufboev.
Islom Ismoilov shogirdlari ilk turda Angliyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar