So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45

Artetaning "Arsenal"dagi 27 yoshli yordamchisi Karlos Kuesta haqida bilasizmi? Yangiliklar

Artetaning "Arsenal"dagi 27 yoshli yordamchisi Karlos Kuesta haqida bilasizmi?

U "Atletiko", "Yuventus" klublarida ishlagan, Portu universitetida o'qigan va oltita (!) tilni biladi.

Bugun sizlarni Mikel Artetaning "Arsenal"dagi assistentlaridan biri Karlos Kuesta bilan tanishtirmoqchimiz. 

Uning shtabdagi vazifasi – futbolchilarning individual rivojlanishini taminlash.

Karlos 27 yoshda. U allaqachon Pro licenziyasi va ajoyib rezyumega ega, jumladan, u "Atletiko", "Yuventus" va "Arsenal"da ishlagani bilan maqtana oladi. SHuningdek, u oltita (!) tilda so'zlashadi: ingliz, ispan, italyan, portugal, francuz va katalon. Bu Kuestaga juda qo'l keladi, chunki u futbolchilar bilan yakka tartibda ishlaydi, odatda asosiy mashg'ulotdan keyin.

Uning mashg'ulotlarida yuklamalar berilmaydi, aksincha, texnik ko'nikmalar va taktik ishlanmalarni rivojlantirishga etibor qaratiladi. Har bir jarayon asosiy mashg'ulot kabi videoga yozib olinadi. Kuesta har bir o'yinchi bilan videotahlilni ko'rib chiqib, unga alohida vaqt ajratadi.

Kuesta birinchi bosqichda o'yinchining jismoniy imkoniyatlari, texnik, aqliy va boshqa ko'nikmalarini hisobga olgan holda charm to'p ustasining nimalarga qodirligini aniqlaydi. Bu har bir shaxs bilan qaysi yo'nalishda va qanday ishlashni tushunishga imkon beradi. SHuning uchun yosh mutaxassis murabbiylar shtabidagi barcha mutaxassislar bilan muloqotda bo'lishi muhim.

Ispaniyalik murabbiylik faoliyatini 18 yoshida "Atletiko" U-13 jamoasi murabbiyi sifatida boshlagan. SHu bilan birga, u Portu universitetida "taktik davriylashtirish"ning otasi, ko'pchilikka, jumladan, Joze Mourinyuga katta tasir ko'rsatgan afsonaviy Vitor Fradedan tahsil olgan.

Kuesta 2018 yilgi turnirda italiyalik murabbiylardan biri bilan tanishib qolib, "Yuventus"ga yo'l oladi. Karlos Turin klubi boshliqlarini shunday hayratda qoldirganki, ular unga doimiy ish va lavozim taklif qilishgan. Ispaniyalik u erda U-17 jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan va U-23 da ham tajriba orttirgan. U ikki yil muddatni Italiyada o'tkazgan.

Turinga ko'chib o'tishdan biroz oldin Karlos "Siti" faoliyati bilan tanishib chiqqan. U "shaharliklar"ga ularning hujumkor o'yinlarini batafsil tahlil qilib bergach, klubdan taklif olgan. U "Siti"da Arteta yaxshi mutaxassis ekanligiga ishonch hosil qilgan va o'shanda Mikelning yonida amaliyot qilish o'ziga xos voqelik bo'lganini alohida takidlab o'tgan.

O'z o'rnida Mikel Arteta ham hamyurtini unutmadi va o'tgan yozda uni o'z shtabiga taklif qildi. 

Hozirgi vaqtda Kuesta Evropadagi eng yorqin va istiqbolli murabbiylardan biri sifatida qaralmoqda. "To'pchilar" Arteta va uning shtabi, xususan, Kuestaning usullari "Arsenal"ga sovrin olib kelishiga har qachongidan ko'proq ishonishmoqda.

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика