"Arsenal" muxlislari uchun noxush yangilik
12 mar 2024 00:43
Yangiliklar
"Arsenal" muxlislari uchun noxush yangilik
"Arsenal" vingerlaridan biri "Portu"ga qarshi CHempionlar ligasi nimchorak final javob o'yinida ishtirok eta olmaydi.
Gabriel Martinelli "SHeffild"ga qarshi APL bahsida (6:0) oyog'ini shikastlab olgan edi. U 9 mart kuni "Brentford"ga qarshi bahsda ishtirok etmadi.
Malumotlarga ko'ra, braziliyalik Portugaliya jamoasiga qarshi kechadigan CHempionlar ligasi bahsida qatnasha olmaydi.
"Portu"ga qarshi ilk bahs 1:0 hisobida portugaliyaliklar g'alabasi bilan yakun topgan edi. Javob uchrashuvi 12 martda bo'lib o'tadi.
Martinelli joriy mavsum "Arsenal" safida 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar