Avstraliyalik bo'ydor futbolchi Toshkent klubiga o'tmoqda
01 jan 16:46
Yangiliklar
Avstraliyalik bo'ydor futbolchi Toshkent klubiga o'tmoqda
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi tarkibni avstraliyalik futbolchi Aleksandar Shushnyar bilan to'ldiradi.
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Avstraliyalik 192 sm bo'yga ega markaziy himoyachi Aleksandar Shushnyar "Lokomotiv" bilan kelishuvga erishdi", – deyiladi xabarda.
Shushnyar faoliyati mobaynida Avstraliya, Litva, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Koreya va Serbiya kabi mamlakatlarda to'p tepgan.
30 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum Avstraliyaning "Nyukasl Yunayted Jets" jamoasi libosida 20 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar