"Arsenal" asosiy futbolchisi 2 oyga safdan chiqdi
23 sen 14:11
Yangiliklar
"Arsenal" asosiy futbolchisi 2 oyga safdan chiqdi
"Arsenal" vingeri Noni Madueke yakshanba kuni "Manchester Siti"ga (1:1) qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olib, taxminan 2 oy maydonga tusholmaydigan bo'ldi.
23 yoshli futbolchi maydonga tushdi, ammo tanaffusda o'rniga jarohatdan qaytgan Bukayo Saka tushirildi.

"U o'yin boshida muammoga duch keldi va bahsni davom ettirish uchun etarli darajada tayyor emasdi", – dedi bosh murabbiy Mikel Arteta.
Madueke – "Arsenal"ning jarohat olgan so'nggi vakili. Kay Xaverc va Gabriel Jezus hali ham safga qaytmagan. Bugungi kunda faqat Viktor Gyokeresh yagona to'qqizlik hujumchi bo'lib turibdi. Shuningdek, "to'pchilar"da elkasidan jarohat olgan sardor Martin Edegor ham hali qaytmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar