So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Anvar G'ofurov: “Etakchi jamoalar aqlli futbol namoyish etishadi” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Etakchi jamoalar aqlli futbol namoyish etishadi”

Teglar :  ObodAnvar G'ofurov
Oliy liganing 25-turida “Obod” klubi o'z uyida Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu bahs oldidan “Obod” klubi himoyachisi Anvar G'ofurov o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalgi turda safarda “So'g'diyona” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda mag'lub bo'lganimizdan so'ng barchaning kayfiyati birdaniga tushib ketdi. Bundan fojea yasamasligimiz kerak. Oldimizda yana bir nechta uchrashuvlar bor. Ushbu bahslarda g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

“Mashal”ga qarshi 24 oktyabr kuni bahs olib boramiz. Muborakliklar ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Raqiblarimiz taktika va texnika tomondan ancha yaxshi. Aqlli futbol o'yin ko'rsatishadi. Biz uchun har bir ochko juda ham zarur. Buni jamoadagi barcha yaxshi tushinib turibdi.

Bir narsani inobatga olish kerak. Jamoadoshlarimning ko'pchiligi oliy ligada ilk bor ishtirok etishmoqda. Ularning tajrisa kam. Mana shu tomonlama ham natijalarimizga o'z tasirini o'tkazmoqda deb o'ylayman. Jamoa bir maromda o'yin o'tkaza olmayapti. Biz boshqa raqiblarimizning o'yiniga etibor qaratmasdan o'z o'yinimizda g'alaba qozonishimiz kerak. Har bir turga alohida tayyorgarlik ko'rib g'alaba qozonamiz deb o'ylayman. Muxlislar qolgan uchrashuvlar biz uchun oson bo'ladi deb o'ylashadi. Lekin chempionatdagi har bir bahs biz uchun qiyin bo'lmoqda.

Etakchi jamoalar o'zlari ham futbol o'ynashadi va raqiblariga ham o'ynash uchun imkon berishadi. Ular aql bilan maydonda to'p tepishadi. Qaerda qanday o'ynash kerakligini yaxshi bilishadi. Misol uchun, “Andijon” ham oliy ligada qolish uchun borini berish o'ynaydi. Har bir jamoa raqibidan ochko olish uchun maydonga chiqadi”, - deydi “Obod” jamoasi futbolchisi Anvar G'ofurov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика