Ivan Boshkovich: "Bugun nimadir o'xshamadi"
02 avg 23:41
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Bugun nimadir o'xshamadi"

- Muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi. Ammo afsuski, yutqazib qo'ydik. Futbolda har doim natija birinchi o'rinda turgan. Shu bois mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Bugun oxirigacha harakat qildik, lekin nimadir o'xshamadi. Raqib ikkita gol urib yutib ketdi, bizga esa hisobni tenglashtirish uchun vaqt etishmadi. 0:2dan keyin o'yinga qaytishimiz juda qiyin bo'ldi. Bizda muammolar bor: vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Bugun teng o'yin ko'rdik, qaysidir jamoa yaxshiroq o'yin ko'rsatdi deya olmayman. Lekin yutuq "Nasaf" tomonda bo'ldi. Bazi futbolchilarimizning jismoniy holati yaxshi emas. Bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. Biz qo'lni tushirmaymiz va kurashda davom etamiz. "Nasaf" chempion ekanligini unutmaylik, chempionlarga qarshi har doim qiyin kechgan. Ishlashda davom etamiz. Tezroq bu mag'lubiyatni unutib, 6 avgust kuni bo'ladigan o'yinga hozirlik ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar