So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Navbahor" Superliganing birinchi davrasini "Neftchi"da o'tkazgan ikki o'yinchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

"Navbahor" Superliganing birinchi davrasini "Neftchi"da o'tkazgan ikki o'yinchi bilan shartnoma imzoladi

"Navbahor" klubi o'z safiga Jamshid Boltaboev va Muhammadali G'iyosovni qo'shib oldi.

"Navbahor" yozgi transfer oynasidan samarali foydalangan holda, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishni maqsad qilgan edi. Shunday o'yinchilardan biri, mahoratli, tezkor, hujumkor yarim himoyachi Muhammadali G'iyosov jamoamiz bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. 

Mazkur futbolchi 2002 yil, 30 avgust kuni Buxoroda tug'ilgan. Muhammadali G'iyosov faoliyatini 2019 yilda "Buxoro" jamoasida boshlagan. 2020 yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan. 2021 yilgi mavsumdan Toshkentning "Olimpik" jamoasi sharafini himoya qilgan. 2023 yilning yozidan "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qilishni boshlagan. O'sha yili ikkinchi davra o'yinlarida "Qizilqum" tarkibida 13 ta o'yinda 5 ta gol muallifi bo'lgan. 2024 yilgi mavsumda Navoiy jamoasi safida barcha musoboqalarda 25ta o'yinda maydonga tushgan va 6 ta gol muallifi bo'lgan. 2024 yilgi mavsum yakunida Navoiy jamoasini tark etgan va Farg'onaning "Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Joriy yilning birinchi davrasida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safida to'p surgan.  

So'nggi uch mavsum (2022-2023-2024)da jamoa safida to'p surib o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. 

Futbolchi 1996 yil, 3 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida "Paxtakor", "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi" jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy yilning birinchi davrasida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safida to'p surib, davralar oralig'ida qadrdon bo'lgan jamoasiga qaytdi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика