Ro'ziqul Berdiev: "Qarshi hujum rejasini tuzdik va bu o'z mevasini berdi"
02 avg 23:05
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Qarshi hujum rejasini tuzdik va bu o'z mevasini berdi"
- Bugun ikkinchi davra boshlangan bo'lishiga qaramay, har ikki jamoa ham ochich va chiroyli futbol namoyish etdi. Vaziyatlar golga aylanganida uchtadan ko'p gol ko'rishimiz ham mumkin edi. "So'g'diyona" o'z maydonida hujumkor o'yin namoyish etishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Biz qarshi hujumda o'ynash rejasini tuzdik va buni yaxshi amalga oshirdik deb o'ylayman. Jizzaxda g'alaba qozonish oson emas, shu bois bugungi yutuq judayam yoqimli bo'ldi. "Nasaf" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
- Jamoangiz yuqori tempga to'liq tayyormidi?
- Biz ikkinchi davraga juda jiddiy hozirlik ko'rdik va har bir mashg'ulotda yuqori tempda ishlashga harakat qildik. Jamoamizning hozirgi holati ancha yaxshi. Biz har qanday raqibga qarshi o'ynay olamiz. Bugun ham himoyada, ham hujumda mazmunli harakat qildik.
- Jamoangizga kelgan legionerlar haqida. Ulardan biri qaytib ketdi deb eshitdik.
- Hech kim ketgani yo'q. Legionerlar viza masalasini hal qilish uchun mamlakatimizdan chiqib yana qaytishadi. Ular biz bilan qoladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar