So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  1 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  1 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  28 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Anvar Berdiev: "Qurada "Nasaf" yoki "Bunyodkor" kabi kuchli raqiblar bilan tushib qolishdan cho'chigandik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Qurada "Nasaf" yoki "Bunyodkor" kabi kuchli raqiblar bilan tushib qolishdan cho'chigandik"

O'zbekiston kubogi 3-bosqichidan o'rin olgan "Istiqlol"-"Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Anvar Berdiev quyidagicha fikrlarni bildirdi.

"Nasaf" jamoasini qanday kuchga ega ekanligini hamma yaxshi biladi. O'ylaymanki, yigitlar bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi, umuman olganda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik.

O'zi qura vaqtida xavotirda edik, "Nasaf" yoki "Bunyodkor" kabi kuchli raqiblar bilan tushib qolishdan cho'chigandik. CHunki bilasizlar, bu jamoalarda aksariyat yosh futbolchilar o'ynaydi, to'p uzatishlarini maromiga etkazishadi. O'ylaganimizdek, qura natijasiga ko'ra "Nasaf" bilan tushib qoldik. Bilasizlar, bu jamoa futbolchilari kuchli, jamoa bosh murabbiyi ham o'zbek futbolida o'z o'rniga ega, ularni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz.

Bizdagi asosiy maqsad - Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish, shu maqsad yo'lida astoydil harakat qilishda davom etamiz. Bugungi o'yinda kamchiliklarimizni ko'rib oldik.
Hakamlik haqida? Hakamlar ishini muhokama qilmoqchi emasman, ularni ishiga baho beradigan hakamlar qo'mitasi bor, ular uchrashuvni ko'rib chiqib xulosa qilishadi.

Ikkinchi taymda o'yinimiz kuchaydi? Buni sababi "Nasaf" jamoasi ikkita gol urib olgach, ozgina xotirjamlikka berildi va bizda imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Bundan tashqari bizda ortga yo'l qolmagandi, shu sabab butun jamoa bo'lib hujumga o'tdik. Ikkinchi bo'limda bitta gol urdik, ikkinchisiga vaqt va qaysidir manoda omad ham etishmadi. Bugun jamoamiz yigitlarini "Nasaf" nomi ozgina hayajonga soldi shekilli, ular o'yinga moslashib olgunga qadar bir oz qiyinchilikka duch kelishdi, aslida har qanday jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi.

Ikkinchi davrada jamoamiz bosh murabbiyi bilan kuchaytirish lozim bo'lgan chiziqlar to'g'risida muhokama qilib olamiz. Albatta ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilar bor, nasib qilsa ularni tarkibga jalb etamiz, qachon shartnoma imzolasak, ana o'shanda rasman elon qilamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика