So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ro'ziqul Berdiev: "Afsuski, natija biz kutgandek bo'lmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Afsuski, natija biz kutgandek bo'lmadi"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- "Neftchi" jamoasi bugun qahramonlik ko'rsatib juda zich himoyalandi va shuning evaziga zafar quchdi. Bizga esa hujumda sovuqqonlik va vaziyatlarni golga aylantirish etishmadi. Raqib to'liq tarkib bilan o'ynab turganida ham, bir o'yinchi kam bo'lib qolganida ham tashabbusga ega edik, ammo omad kelmadi. Afsuski, natija biz kutgandek bo'lmadi, agar g'alaba qozonganimizda turnir jadvalidagi holatni yaxshilab olgan bo'lardik. Umuman olganda, futbolchilarimizga etiroz yo'q, lekin hujumchilarimizdan ko'proq sovuqqonlikni kutgandik. Qolaversa, Zafarmurod jarima maydonchasi ichida yiqitilganida o'sha vaziyatga ham etiroz bildirdik.

- "Nasaf"ning amaldagi chempion sifatida nega oxirgi o'yinlarda omadi kelmayapti?

- O'zimiz ham shunga hayronmiz. Raqiblar bizga qarshi ancha zich himoyalanmoqda va ularning himoyasini yorib o'tish oson bo'lmayapti. Uyda "Andijon" bilan o'ynaganimizda ham shu holat kuzatilgandi. Bu albatta yoqimsiz holat, lekin hammasi o'z qo'limizda, mavsum davom etyapti va buyog'iga keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.



- Akmal Mozgovoyning ketishi jamoa yarim himoyasini susaytirdimi?

- Akmalning ketgani tarixga aylanib bo'ldi. Biz qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan maqsad sari intilishimiz kerak. Menimcha, Sardor bilan Murod yarim himoyada Akmalning yo'qligini bildirmayapti. Odatda natija yaxshi bo'lmasa, har xil savollar tug'iladi. Futbolda shunaqa: kimdir jamoadan ketsa, bu boshqa bir futbolchining "ochilishiga" sabab bo'ladi. Tarkibimizda bo'lmagan futbolchilar o'rnini yoshlar bilan to'ldiramiz. Bugun uch nafar hujumchi bilan harakat qilganimizga qaramay, o'zimiz xohlagan natijaga erisha olmadik.

- "Neftchi"ning qaysi jihatlarini takidlab o'tgan bo'lardingiz?

- "Neftchi" ko'proq himoyadan o'yinni quradi. Bugun ham shunday bo'ldi. Ular bir kishi kam bo'lib qolgach, himoyaga yanada ko'proq etibor qaratdi va hujumda bir nafar o'yinchini qoldirib boshqalar asosan himoyalanish bilan vaqtni o'tkazdi. Bu esa jamoaga natija olib keldi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика