Matiya Krivokapich: "G'alabadan hamma xursand, lekin ertaga yangi kun boshlanadi"
18 avg 15:20
Yangiliklar
Matiya Krivokapich: "G'alabadan hamma xursand, lekin ertaga yangi kun boshlanadi"
- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Hissiyotlarim juda kuchli. Baxtliman, lekin his-tuyg'ularim shunchalik kuchliki, gapirishga so'z topolmayapman. Eng muhimi, g'alaba uchun xursandman.
- Bugun "Bunyodkor" tarkibidagi ilk golingizni urdingiz. Bu gol siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Men uchun bu juda muhim. Hammamiz xursandmiz, lekin ertaga yangi kun boshlanadi, keyingi o'yin bor, shu bois yangi vazifalar ustida ishlashimiz kerak.
- Siz endigina 22 yoshni qarshi olgansiz. Nima uchun Evropa klublari o'rniga "Bunyodkor"ni tanladingiz?
- Nima deyishni bilmayman. Menimcha, bu liga juda yaxshi, bu erda o'sishim mumkin va buni vaqt ko'rsatadi. Ko'p gol urishga harakat qilaman, nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
- Jamoaga moslashishingizga kimlar ko'proq yordam beryapti?
- Jamoada Bolqon mamlakatlaridan kelgan o'yinchilar bor, ko'pincha ular bilan vaqt o'tkazaman. Lekin jamoadagi barcha sheriklar menga juda yaxshi munosabatda, shuning uchun moslashish oson bo'lmoqda. Toshkent ham ajoyib shahar.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar