So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Andijon”ning Toshkentdagi yig'ini boshlandi Yangiliklar

“Andijon”ning Toshkentdagi yig'ini boshlandi

Teglar :  Andijon
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan andijonliklar bugun tushlikdan so'ng Toshkentda yig'ildi.

Jamoa azolari uchun poytaxtimizdagi muhtasham “Turkiston” mehmonxonasi vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab beradi. Mashg'ulotlar ertadan ikki mahaldan olib boriladi. Futbolchilar “Obod” stadionida shug'ullanadi. Ushbu yig'in chog'ida bir nechta sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Xususan, Bekobodning “Metallurg”, Namanganning “Navbahor” hamda Qozog'istonning “Maxtaaral” jamoalari bilan o'yin o'tkazish yuzasidan kelishib olingan.  

Toshkentdagi yig'inga o'tgan yili “Andijon” sharafini himoya qilgan Ibrohim Otaxonov, Dilmurod Mahmudov, Jahongir Mahsudov, Baxtiyor Qosimov, Maqsud Mahmudov, Oybek Nurmatov hamda Alisher Abduvohidov jalb etilganini aytish lozim.

SHuningdek “UzDongJu”dan Usmonali Ismonaliev, Ziynatillo Ikromjonov, “Yangier”dan Xusan Olimjonov, Artur Mamatkazin, Uyg'un Bobonazarov, “NBU-Osiyo”dan Sunnat Abdullajonov va Mirshohid Olimov hamda “Cementchi”dan Maruf Zokirjonov kabi o'yinchilar ham “burgutlar”ning poytaxt yig'iniga taklif etilgan.  

Ayni damda murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirish uchun selekciya ishlari bo'yicha ham jiddiy ishlar olib bormoqda.  
 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика