Timur Kapadze: "Srechko Katanecga sog'liq tilaymiz. O'ylaymanki, assistentlar bu vaziyatdan chiqib ketadi"
07 okt 2024 17:22
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Srechko Katanecga sog'liq tilaymiz. O'ylaymanki, assistentlar bu vaziyatdan chiqib ketadi"
- Sizga O'zbekiston terma jamoasidan taklif tushdimi? Mavjud vaziyat bo'yicha fikrlaringizgi bildirib o'tsangiz...
- Menga hech qanday taklif bo'lmadi. Bilishimcha, Srechko Katanec bugungi reys bilan uchib kelishi lozim edi, ammo uning sog'lig'i bunga yo'l qo'ymagan. O'qiganingizdek, keyingi o'yinlarda terma boshqaruvi bosh murabbiy yordamchilari Alesh CHex hamda Vlado Radmanovichga topshirilgan. Hozircha boshqa gap-so'z yo'q. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Bu – vatan jamoasi. Yordam kerak bo'lsa, hamisha tayyormiz.
- Bu terma jamoa o'yinlariga qanchalik tasir qiladi?
- Albatta, tasir qiladi. Har holda Srechko Katanec bosh murabbiy. Ko'p yigitlar uni eshitadi va uning aytganlarini qiladi. Bosh murabbiy – bu bosh murabbiy. Uning o'rni bo'lakcha. Bir-ikkita o'yinda o'rni bilinmasligi mumkin, ammo u bo'lsa, baribir boshqacha. Avvalo, Srechko Katanecga sog'liq tilaymiz. Unga shifo tilab, hech kimga bunday dard bermasin deymiz. O'ylaymanki, yordamchi murabbiylar ham yaxshi mutaxassislar sirasiga kiradi. Jamoada ancha vaqtdan beri ishlashadi, terma jamoani qanday tayyorlash kerakligini yaxshi bilishadi. Srechko ham uzoqdan bo'lsa-da, ko'maklashib tursa kerak. Oldinda ikkita muhim o'yin turibdi. Uyda o'ynayapmiz, yuz foizlik natija bizni Jahon chempionatiga yaqinlashtiradi. O'ylaymanki, assistentlar bu vaziyatdan chiqib ketadi. Futbolchilar ham bu narsani tushungan holda tajriba va mahoratlarini ishga solishlariga ishonamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar