So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda 15 yildan buyon bekorga ishlamayotganimni isbotladim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda 15 yildan buyon bekorga ishlamayotganimni isbotladim"

O'zbekiston kubogi finali doirasidagi "Navbahor" - "Andijon" (2:3) o'yinidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov va o'yinchisi Levan Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Men baxtliman. Birinchi navbatda yigitlarni tabriklayman. Muxlislarga ham rahmat, muxlislarsiz bunday natijaga erisha olmagan bo'lardik. Butun Andijon xalqini g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Aleksandr Xomyakov.

"Hissiyotlarimni tasvirlab berish ilojsiz. SHunchaki dahshatli o'yin bo'ldi. Goldan so'ng o'yin ochilib ketdi. Ikki jamoa ham bugun maydonda borini berdi. Andijon ahlini tarixiy natija bilan qutlayman", - deya gap boshladi Levan Arveladze.


- Jamoangiz hisobni tenglashtirib olguncha, deyarli xavfli vaziyatlar yarata olmayotgandi. Goldan keyin esa jamoangiz o'yini ochilib ketdi. O'yindagi qaysi palla jamoangiz o'yinini o'zgartirib yubordi?

- Kecha aytib o'tganimdek ikki jamoa ham bir-birini juda yaxshi o'rganib chiqqan. Kuchli va kuchsiz tomonlaridan xabardor edi. Biz raqibning zaif nuqtalariga hujum qilishni rejalashtirgandik. O'tkazib yuborgan birinchi golimiz, o'yinimizga tasir qildi. Biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik va barchasi o'zgarib ketdi. Rejamiz bo'yicha biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborishimiz kerak emas edi, taxminan 70-daqiqaga qadar 0:0 hisobini saqlab qolish va o'yinning so'nggi qismida yaxshiroq o'yin namoyish etishimiz kerak edi. Eksta-taymlardan oldin o'yinni penaltilar seriyasiga qadar hal etishimiz kerakligini ko'p marotaba takidladii. Bu biz uchun juda muhim edi. To'g'ri, biz barcha gollarni standart vaziyatlardan urdik, ammo g'oliblar tanqid qilinmaydi degan maqol bor. O'yin esdan chiqadi, ammo natija abadiy qoladi. Siz balki hujumkor va tomoshabop futbol kutgandirsiz, afsuski biz hozir bunday o'yin namoyish eta olmaymiz. Bizga maksimal natija olib keladigan o'yin uslubini tanlashga majburmiz.


- Bugungi uchrashuvdagi ijobiy natijaga ko'proq taktika yoki ishtiyoq sabab bo'ldimi? Masalan, bosh murabbiy tanaffus jarayonida taktik o'zgarishlarga qo'l urdimi?

- Biz o'yinni boshlagan taktika bilan davom etdik. O'yin davomida turli xil holatlar ro'y berdi. SHu sababli, asosan futbolchilarning hoxishi ko'proq tasir o'tkazdi deb o'ylayman.

- "Andijon" jamoasi kubokni qo'lga kiritsa, jamoaga avtomobillar sovg'a tariqasida taqdim etiladi degan xabarlar tarqalgandi. SHu gaplar qanchalik rost?

- Men bu haqda birinchi marotaba eshityapman. Biz sovrin pullarini olishimiz aniq" - dedi Levan Arveladze.


- "Andijon" bugun tarixiy natija qayd etdi. Viloyat hokimidan mukofot tariqasida nima kutyapsiz?

- Ha, bizga qandaydir sovg'alar berishsa kerak. Asosiysi menga beriladigan "gonorar" pullaridan xabardorman.

- Bugungi tarixiy g'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Men 15 yildan buyon O'zbekistonda ishlab kelmoqdaman. Bugungi g'alabani andijonliklarga va Andijon viloyati rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Ular menga viloyat bosh klubini boshqarish vazifasini ishonib topshirishdi. "UzAvto"ga ham alohida rahmat.

- O'tgan mavsumda "Navbahor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng "futbol hudo"si bugun biz tomonda bo'ldi degandingiz. Bugun jamoangizga qanchalik omad kulib boqdi deb o'ylaysiz?

- Ha, shunday desak ham bo'ladi. Omadsiz g'alaba bo'lmas edi.

- "Andijon" jamoasi joriy mavsumdagi eng muhim uchrashuvini o'tkazib bo'ldi. Jamoaning kelajagi haqida gapirib o'tsangiz? Oldinda hali Superliga bahslari bor. Superligada jamoangiz yaxshi natija namoyish eta olmayapti.

- Bugungi g'alaba bizga ko'proq ishonch berdi, lekin bizda nishonlab o'tirishga ko'p vaqt yo'q. Superligadagi natijalarimiz juda yaxshi emas. G'alabani nishonlashga faqat bir kun vaqtimiz bor, ikki kundan so'ng Toshkentda yig'ilamiz va "Surxon"ga qarshi nazorat uchrashuvini reja qilib qo'yganmiz.

- Bugungi final murabbiylik faoliyatingizdagi eng muhim o'yinmi?

- Bu mening faoliyatimdagi eng katta yutuq. O'zbekistonda bekorga 15 yil ishlamaganimni isbotladim. Bu men uchun juda muhim edi.

- Bugungi o'yin jamoangiz joriy mavsumda namoyish etgan eng yaxshi o'yin bo'ldimi?

- Menimcha yo'q. Birinchi davrada bundanda yaxshiroq va tartibliroq o'yinlarimiz bo'lgandi. Ko'nglim biz uchun barchasi yaxshi tugasini sezayotgandi. O'yin sifati alo bo'lmadi to'g'ri, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'ldi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика