So’nggi yangiliklar

10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  0 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  3 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  8 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  6 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  12 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  8 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  19 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  21 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  26

Jaloliddin Masharipov: "Katanec bilan bunday holat ro'y berishi birinchi marta emas" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Katanec bilan bunday holat ro'y berishi birinchi marta emas"

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov OAV vakillariga intervyu berdi.

"Raqiblarni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, qura tashlangan paytda shu o'yinlarni ko'proq kutgandik, biz ham, muxlislar ham. Xudo xohlasa, shu kunlar keldi. Hamma yaxshi kayfiyatda va bolalar birma-bir etib kelishyapti. Yigitlar oldingi yig'indan ko'ra yaxshiroq formada, chunki aksariyat futbolchilar klublari safida o'yinlarda qatnashmoqda. Hamma bolalar tayyor deb ayta olaman. BAA bilan o'yinda ko'proq Braziliyaga qarshi o'ynaymiz desak ham bo'ladi. CHunki ularda aslida braziliyalik, ammo mahalliylashtirilgan futbolchilar to'p tepishmoqda.

Eron terma jamoasini kuchsiz deb aytolmayman, lekin ular bizni qattiq hurmat qiladi, biz ularni bunga majbur qildik deb aytolaman. Xudo xohlasa, Eron bilan bahsda chiroyli o'yin ko'rsatib, uyimizda 3 ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

Terma jamoa bosh murabbiyi bilan bunday holat ro'y berishi birinchi marta emas. Buni oldindan bilardik. Bazida sal mazasi bo'lmay turadi. Futbolchilar bu kabi holatlarga tayyor, chunki 3 yildan beri birga ishladik. U bizdan nimani xohlashini juda yaxshi bilamiz. O'ylashimcha, hozirgi vaqtda terma jamoada Srechko Katanec bo'lmasa-da, u bizdan nimani talab qilishini tushunib o'ynaymiz. Bolalar buni avtomatik ravishda amalga oshiradi. Terma jamoaga kimnidir olib kelish kerak deyilsa, bunga qarshilik qilaman. Biz oldin gol urolmagan va yutolmagan termalarga qarshi munosab o'ynab, kerakli natijaga erishib kelmoqdamiz deb o'ylayman. Katanec oldimizda bo'lmasa-da, u biz bilan doimiy aloqada", – dedi Masharipov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 3-turi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida 19:00 da boshlanadi.

Timur Kapadze: "Srechko Katanecga sog'liq tilaymiz. O'ylaymanki, assistentlar bu vaziyatdan chiqib ketadi"

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика