So’nggi yangiliklar

19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  2 18:10Футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги. БМБ "Оил Стар" билан тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 18:00Про лига. "Арал" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  7 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  2 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   3

Sergey Lushchan: "O'yin natijasi osmonlarda hal bo'lib bo'lgandek. Biz namoyish etgan o'yindan 99% ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "O'yin natijasi osmonlarda hal bo'lib bo'lgandek. Biz namoyish etgan o'yindan 99% ko'nglim to'ldi"

O'zbekiston kubogi finali doirasidagi "Navbahor" - "Andijon" (2:3) o'yinidan so'ng namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alaba loyiq edilar. Raqibimiz standrat vaziyatlardan yaxshi foydalana olishi va qarshi hujumlarda ustunlikka ega ekanligi bilardik. Qarshi hujumlar tashkil qilishga imkoniyat bermadik, ammo standart vaziyatlarda raqib bizdan ustunlik qildi. "Andijon" futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o'ynash olishini isbotladi. O'yin haqida ko'p gapirish mumkin, ammo barchasi tarixga aylanib bo'ldi", - deya fikr bildirdi Sergey Lushchan.


- "Andijon" jamoasi standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini bilardik dedingiz. Bu aniq fakt edi, shunga yarasha mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga alohida etibor berilganmidi?

- Siz qanday hujum qilishni yoki qanday to'g'ri himoyalanish ustida ishlashingiz mumkin, ammo raqib jamoa qanday standrat vaziyatidan foydalanishini bilmaysiz va shu sababli bu jihat ustida ishlay olmaysiz. "Andijon" bu jabhada ustunlikka ega ekanligini bilardik. Biz kurashlarda mag'lub bo'ldik va shu sabab gol o'tkazib yubordik. Bu esa raqib futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o'ynay olishiga isbot. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlash ilojsiz.

- Jamoangiz bugun hisobni ushlab qola olishi uchun nima etishmadi? Jamoangiz hisobda oldinda borayotgan vaqti "Andijon" hech nima yarata olmayotgandi.

- Etibor va koncentraciya. Har bir o'tkazib yuborgan golimiz qandaydir xato sababli yuzaga keldi. Raqibning birinchi goliga etibor bering, 1000ta holatdan bor yo'g'i bir marotaba bunday gol urilishi mumkin. Bugungi o'yin scenariysi guyo osmonlarda hal etib bo'lingandek. Ikkinchi va uchinchi o'tkazib yuborgan gollarimiz esa, himoyadagi qo'pol xatolardan keyin urildi. Futbolchilarim raqib futbolchilarini personal qo'riqlay olishmadi.

- "So'g'diyona"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin har bir mashg'ulotlarda jamoangiz penaltilar seriyasini mashq qilishdi. Bu alohida reja edimi?

- Bu tabiiy hol. Har bir jamoa bunday amaliyotga qo'l uradi. Finallarda durang bo'lmaydi va shu sababli har bir jamoa maksimal tayyorgarlik ko'radi.

- "Navbahor" jamoasi namoyish etgan o'yindan bosh murabbiy sifatida qanchalik qoniqdingiz?

- 99% ko'nglim to'ldi. Yigitlar bugun barchasini to'g'ri bajarishdi. "Andijon" biz uchun eng noqulay raqiblardan biri edi. Bizda etarlicha muammolar bor edi, himoya chizig'imizda katta muammolar bor. Biz barchasi kamchiliklarimizni berkitishga harakat qildik. Bugun Bubanya va Mamatkazinlar bizning markaziy himoyachilarimizdan yaxshiroq o'ynashdi Futbolchilarimga hech qanday etirozim yo'q, ular barchasini to'g'ri bajarishdi, ammo bugungi natija osmonlarda hal etilgandek. Omad kimgadir kulib boqishi kerak edi. Omad bugun raqib tomonda bo'ldi.

- "Andijon" jamoasi havodagi juda yaxshi o'ynay olishidan barcha xabardor. SHunday jamoaga qarshi bo'yi past darvozabonni maydonga tushirish qanchalik to'g'ri qaror bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Quvvatov bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Suyunovning bo'yi balandroq va uni bugun maydonga tushirsak yaxshiroq bo'lishi mumkin edi demoqchisiz, ammo o'tkazib yuborgan gollarimizda darvozabonning aybi yo'q. Men yana bir bor takrorlayman, raqib hujumchilariga qarshi personal o'ynashi kerak bo'lgan futbolchilarimiz etiborliroq bo'lishlari kerak edi.

- Superligadagi "Sug'diyona"dan mana bugun esa "Andijon"dan uchralgan mag'lubiyatlardan keyin jamoa rahbariyati sizga ishonishda davom etadimi?

- Bu savolni rahbariyatga berasiz. Meni jamoaga yordam berish uchun chaqirishdi va men keldim. Ketishim kerakligi haqida aytishsa, ketaman.

- Bugun murabbiy sifatida Xomyakovga yutqazdim deb o'ylaysizmi?

- Kubok finalida mag'lub bo'ldik. Finalda ruhiy holat katta ahamiyatga ega. O'yinni o'zingiz ko'rdingiz va futbolni yaxshi tushunasiz. Bugun biz mag'lub bo'ldik va juda munosib raqib bizni mag'lub etdi.

- Murabbiy sifatida o'z hamkasbingizga mag'lub bo'lganingizni tan olasizmi?

- Bunday mayda gaplarga aralashib o'tirmayman. Biz yosh bola emasmizku. Biz "Al-Ittihod" va "Al-Hilol" bilan durang o'ynagandik. Bunday natijalar men "Al-Ittihod" murabbiy yaxshiroq ekanligimni anglatadimi? Bu g'alati fikr.

- "Navbahor" ikki mavsumdan buyon halqaro maydonsiz qolib ketdi. Bunday yomon natija rahbariyat tomondan etibor va moliyaviy yordam kamayib ketishiga olib kelishi mumkinmi?

- Bu savolga men javob berishim noto'g'ri. Rahbariyat bunday masalalar bilan shug'ullanadi.

Reyting: -10   

Fikrlar

   
15 avg 10:34:46
Fayzullo Turgunov
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Обоснуй молокосос
Tarbiya bergan padaringa lanat
   
03 avg 19:23:20
Bek
Fayzullo Turgunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ginida ota onani qoshma hunasa nomerini yoz erke bósen hunasa ota onani qoshasan fohshani bolasi
Обоснуй молокосос
   
03 avg 19:07:25
Fayzullo Turgunov
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Сани кетин томиб коганми той канака ютказишни вйтопсан поххуйни обориб дадени хотинига берсен маза килади тушундинм наманган ман учун пушкин мани командам 3та кам чемпион сображалкени ишлатвогин чундинми
Ginida ota onani qoshma hunasa nomerini yoz erke bósen hunasa ota onani qoshasan fohshani bolasi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика