Argentina futzalchilari finaldagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar deyishdi?
07 okt 2024 16:30
Yangiliklar
Argentina futzalchilari finaldagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar deyishdi?
"Bu biz kutgan medal emas edi, afsuski. Bizning asosiy maqsadimiz ushbu musobaqada g'alaba qozonish edi. Braziliyani g'alaba bilan tabriklayman. Biz qo'limizdan kelgan barchasini qildik. Etarlicha hujumlar qildik, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Ketma-ket uchinchi mundial finalida ishtirok etmoqdamiz. Bu men uchun uchinchi Jahon chempionati bo'ldi.
Argentina sharafini himoya qilayotganimdan juda mag'rurman, afsuski, bugun g'alaba qozona olmadik, lekin biz bosib o'tgan yo'l maqtovga loyiq deb o'ylayman. Jamoamizni tanqid qilish o'ta noto'g'ri ish", – deya fikr bildirdi darvozabon Nikolas Sarmiento.

"Bugungi o'yin natijasini kichik detallar hal etdi. So'nggi soniyalarga qadar kurashdik va durang qayd etishga intildik. Afsuski, biz ko'zlagan natija qayd etilmadi va raqib jamoa g'olib bo'ldi. Braziliyani chempionlik bilan tabriklayman.
Braziliya chempionlikka munosib jamoa edi. Final bahsida bizga biroz omad va diqqat-etiborli bo'lish etishmadi. Ayniqsa, o'tkazib yuborgan gollarimizda etiborliroq bo'lishimiz kerak edi. So'nggi daqiqada gol urdik va hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Barchaga rahmat. Bu ajoyib mundial bo'ldi", – dedi Konstantino Vaporaki.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar