Ixor Korsun: "Turnir davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik va qozog'istonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"
07 okt 2024 19:00
Yangiliklar
Ixor Korsun: "Turnir davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik va qozog'istonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"
"Franciyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonib, bronza medallarini qo'lga kiritganimizdan xursandman. Bu Ukraina uchun tarixiy natija hisoblanadi.
Uchinchi o'rin uchun o'yindagi g'alaba qadrliroqmi yoki finaldagi mag'lubiyat? Qiyin savol. Finalda ishtirok etishni ham xohlardim, lekin bugun g'alaba qozonganimizdan ko'proq xursandman.
Jahon chempionatida barcha o'yin qiyin o'tdi. Sovrindorlar qatoridan o'rin olishimizda muxlislarimizning o'rni ham beqiyos. Qolaversa, turnir davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik va qozog'istonlik tomoshabinlarga ham minnatdorchilik bildiraman", dedi Korsun.

Eslatib o'tamiz, Ukraina jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar