Bektemir Abdumannonov: "Bu g'alabani rahmatli buvimga bag'ishlayman"
06 okt 2024 13:15
Yangiliklar
Bektemir Abdumannonov: "Bu g'alabani rahmatli buvimga bag'ishlayman"
"Og'ir o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istagandi. Bizga ishongan insonlarga rahmat aytaman. Jamoamiz finalga qadar ham yaxshi yo'l bosib o'tgandi. Finalga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va yakunda g'alaba qozondik. Bugungi uchrashuv mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi, sababi final bor-yo'g'i bir o'yindan iborat.
O'yindan oldin hech kimda hayajon yo'q edi. Sababi biz finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, barcha futbolchilar nima qilish kerak ekanligini yaxshi bilishar edi. Hammaning niyati kubokni Andijonga olib kelish edi. Bugungi g'alabani olamdan o'tgan buvijonimga bag'ishlayman. Bugungi yutuqlarni ko'rganlarida xursand bo'lar edilar. Joylari jannatda bo'lsin", - deydi Bektemirov Abdumannonov.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar