So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон кубоги. Финал. "Навбаҳор" - "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  106 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  5 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  12 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  13 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0 13:57"Пахтакор" - "Динамо" учрашувини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  7 13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  11 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  5 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  5 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  2 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0

O'zbekiston kubogi. Final. "Navbahor" - "Andijon" 1:1 (matnli translyaciya) Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Final. "Navbahor" - "Andijon" 1:1 (matnli translyaciya)

"Navbahor" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston kubogi final uchrashuvi boshlandi.

Navbahor

Abror Ismoilov - 53'

O'zbekiston Kubogi. 7-tur

05/10/2024, 17:00

1
:
1
2-ekstra taym

Andijon

Muhammadkarim Toirov - 82'

45'
90'
120'
53'  Abror Ismoilov
53'  Farrux Sayfiev
61'  Giorgi Nikabadze (Ruslanbek Jiyanov)
68'  Jamshid Boltaboev
73'  Siyavash Haqnazariy (Sardor Rashidov)
98'  Odiljon Hamrobekov
106'  Jamshid Boltaboev (Komiljon Tojiddinov)
106'  Abror Ismoilov (Toma Tabatadze)
37'  Abdurahmon Komilov
65'  Farhod Sohibjonov (SHahrom Samiev)
65'  Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze)
76'  Ilhom Abdug'aniyev (Bektemir Abdumannonov)
82'  Muhammadkarim Toirov
82'  Bektemir Abdumannonov
90'  Sardor Azimov (Ilhom Alizhonov)
90'  Abduvohid G'ulomov (Damir Temirov)
106'  Abdurahmon Komilov (Islom Mamatkazin)

O'zbekiston kubogi. Final

"Navbahor" – "Andijon" 1:1

05.10.2024 | 17:00

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni

Bosh hakam: Xolid Solih Al Turais   

Qanot hakamlari: Abdulrahim Habib Al SHammari, Muhammad Maki Alabakri

 Zaxira hakami: Nayim Qosimov

VAR: Sulton Sanat Al Harbi 

AVAR: Ahrol Risqullaev 

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin 

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: 1:0 — 53, Abror Ismoilov (Farruh Sayfiev), 1:1 — 82, Muhammadkarim Toirov (Bektemir Abdumannonov).

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 8.Siavash Haqnazari, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Giorgi Nikobadze, 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Abror Ismoilov.

Zaxira: 18.Eldorbek Suyunov, 7.Azim Ahmedov, 11.Sardor Rashidov, 17.Ruslanbek Jiyanov, 20.Muzaffar Mo'minov, 22.Toma Tabatadze, 24.Dostonbek Abdulhaev, 55.Komiljon Tojiddinov, 71.Navro'zbek Iminjanov.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardorbek Azimov, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 77.Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 12.Mohir Komilov, 9.Levan Arveladze, 18.Damir Temirov, 19.Nurimbet Abinur, 28.Islombek Mamatkazin, 51.Luka Zgurskiy, 66.Ilhomjon Alijonov, 71.Bektemir Abdumannonov, 99.SHahram Samiev.

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (37), Jamshid Boltaboev (68), Odil Hamrobekov (98).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

"Navbahor"da ikkita, "Andijon"da bitta o'zgarish amalga oshirdi.

Uchinchi taym yakunlandi.

104. Fol

Jiyanovning chap qanotdan uzatmasi Arveladzening qo'liga tekkandek ko'rindi. Ammo takroriy vaziyatda to'p "Andijon" futbolchisining boshiga tekkani malum bo'ldi.

99. VAR ishga tushdi.

Filip Ivanovich o'z jarima maydonida to'p bilan o'ynagandek ko'rindi. Hakam esa fol qayd etilmaganini malum qildi.

98. Ogohlantirish

Hamrobekov Samievning oyog'ini qattiq bosib olgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

92. Zarba!

Abdumannonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, Quvvatov yana o'z mahoratini namoyish etdi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Endi qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.

90+4. Zarba!

Arveladze raqib jarima maydonida ikki raqibini aldab o'tib, darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

90. O'zgarish

"Andijon"da ikki o'zgarish: Azimov va G'ulomov o'rniga Alijonov va Temirov maydonga tushirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Zarba!

Mamatkazin jamoasining birinchi golidagi o'xshash tarzda bosh bilan zarba yo'lladi, Quvvatov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

87. To'xtalish

Abduvohid G'ulomovgaancha vaqt tibbiy yordam ko'rsatildi.

82. GOL! "Andijon" hisobni tenglashtirdi!

Toirov chap qanotda Abdumannonov tomonidan oshirilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

80. Zarba

Abdumannonov raqib jarima maydoniga yaqin masofada raqib futbolchilari orasidan zarba yo'llashga imkon topdi, biroq Quvvatov hushyorlikni yo'qotmagan holda to'pni egallab oldi.

78. Zarba

Jiyanov chap qanotda bir raqibidan o'zib ketdi va jarima maydoni yaqinida zarba yo'lladi, Adhamov seyv namoyish etdi.

76. O'zgarish

"Andijon" tarkibida Abdug'aniev o'rniga Abdumannonov maydonga tushirildi.

73. O'zgarish

"Navbahor" tarkibida Sardor Rashidov Haqnazariyni almashtirdi va jarohatdan keyin ilk bor maydonga tushdi.

69. Zarba!

Jiyanov katta tezlikda oldinga bordi va noaniq zarba yo'lladi. Biroq nariroqda Haqnazariy ochiq turgandi, u o'z noroziligini bildirdi.

68. Ogohlantirish

Boltaboev o'ng qanotdan oldinga borayotgan Azimovni to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

65. O'zgarish

"Andijon" tarkibida ikki legioner maydonga tashlandi. Farhod Sohibjonov o'rniga SHaxrom Samiev, Farhod Bekmuratov o'rniga esa Levan Arveladze maydonga tushirildi.

64. Zarba

Jiyanov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga borib, zarba yo'lladi. Adhamov o'z mahoratini namoyish etdi. 

63. Zarba

Jiyanov maydonga tushgan zahoti faollik ko'rsatdi. o'ng qanotdan uzatilgan to'pni namanganliklar hujumchisi bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo noaniq.

61. O'zgarish

"Navbahor" tarkibida ilk o'zgarish: Nikabadze o'rniga Jiyanov maydonga tushirildi.

60. Xavfli vaziyat

Iskanderovning standart vaziyatdan uzatmasini "Andijon" himoyachilari qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

53. GOL! "Navbahor" hisobni ochdi!

Sayfievning chap qanotdan jarima maydoni ichiga uzatgan to'pi havodagi kurashda hech kimga tegmadi. Pastga tushgan to'pni esa Abror Ismoilov o'ng oyoqdagi kuchli zarbasi bilan darvozaga joylab qo'ydi! 

51. Fol

Haqnazariy o'ng qanotdan oldinga borayotgan Azimovni yiqitgan holda to'xtatib qoldi. Standartdan uzatilgan to'pni esa Quvvatov mushtlari bilan urib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limni jamoalar ehtiyotkor tarzda o'tkazdi. Ikki jamoa ham hujumlarini, asosan, chap qanotdan tashkil etildi.

Taym yakunlandi.

45+2. Xavfli vaziyat! 

"Navbahor" futbolchisining o'ng qanotdan uzatgan to'piga "Andijon" darvozaboni chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Haqnazariy esa bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'llay olmadi. Birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyat yuzaga kelgandi . Aslini olganda, taym juda zerikarli o'tdi.

45+1. Zarba

Turdimurov jarima maydoniga uzatilgan to'pga o'ng oyoqda zarba berdi. Noaniq.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Zarba!

"Navbahor" jarima maydoniga yaqin nuqtada Turdimurodov chap oyoqda zarba yo'lladi. Biroq zarba yo'nalishi kuchli bo'lmadi va noaniq ko'rinish oldi.

37. Ogohlantirish. 

Komilov chap qanotdan oldinga borayotgan Haqnazariyni qo'pollik evaziga to'xatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

34. To'qnashuv

Birinchi bo'limda, asosan, shifokorlar etibor markazida bo'lmoqda. Bu safar Turdimurodov tibbiy yordamga muhtoj bo'ldi.

31. To'qnashuv.

Maydon markazida Abdug'aniev va Hamrobekov havodagi kurashda to'qnashib ketdi. "Andijon" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

30. Xavfli vaziyat!

Iskanderov rivojlantirgan hujumni Haqnazariy chap  qanotda davom ettirdi, biroq himoyaga yordamga qaytgan Turdimurodov jarima maydoni uzatilgan to'pni bosh bilan qaytarib yubordi.

28. Xavfli vaziyat!

Iskanderovning standart vaziyatda uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Natijada Adhamov to'pni egallab oldi.

26. Xavfli vaziyat! 

Sohibjonov chap qanotdan oldinga borib, jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, ammo ikkinchi qavatdagi kurashda Sayfiev ishonchli harakat qildi.

24. Fol

Bekmurodovraqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.To'xtalishdan unumli foydalanib, murabbiylar shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda.

21. Burchak zarbasi

"Navbahor" futbolchilari tomonidan yo'llangan zarba raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi. Iskanderovning uzatmasini esa Adhamov mushtlari bilan urib yubordi.

18. Xavfli vaziyat

"Navbahor" yana chap qanotdan hujumga bordi. Raqibni zararsizlantirgan "Andijon" esa qarshi hujumga o'tdi, ammo Jokich to'pni autga chiqarib yubordi.

13. Fol

Nikabadze ilg'orlik bilan harakat qilib, to'pni o'z maydonidan uzoqlashtirgan Mamatkazinning oyog'ini tepib yubordi.

12. Zarba!

Turdimurov raqib jarima maydonidan himoyachilar bilan to'qnashuvda yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi. Navbatdagi urinishda esa Toirov uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Quvvatov o'zi tomon kelgan to'pni egallab oldi.

8. Zarba!

"Andijon" sardorining oddiy vaziyatdagi qo'pol xatosidan so'ng to'pni egallab olgan Nikabadze zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay raqib himoyachisiga tegib, jarima maydoni ichida turgan Haqnazariyga borib tushdi, ammo eronlik yarim himoyachi to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.

5. Fol

Boltaboev hujumda qo'pollik ishlatdi. "Navbahor" dastlabki daqiqalarda hujumga tashlanishga intilmoqda, ammo xavfli vaziyat sodir etilgani yo'q.

2. Fol.

Maydon markazida Sayfievga nisbatan qoidabuzarlik ishlatildi. Hakam futbolchilarni tinchlanishga chaqirdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bor etiborimizni o'yinga qaratamiz. Uchrashuv davomida izohlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Bugungi uchrashuvni saudiyalik hakamlar boshqarib boradi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" ko'k, "Andijon" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -8   

Fikrlar

+15   
05 okt 17:40:05
SHAHZOD
Bunaqa atmosfera yaratgan har ikki viloyat muhlislariga hurmat saqlagan holda (addushe hurmatdasilar), maydonda ikki darmayet autsayder(oxirgi oʻyinlardan kelib chiqib) klublar oynayabdi. Bu ikki klubdan hech qanday WOW oʻyin kutmanglar. Saud hakamlari oldida pazor. Shunaqa muhlislarga ega kamandalarni oʻyiniga qara. Sifat yoq umuman. Ikkisiyam huddiki finalga osmondan tushib qolgandek. Oddiy klublarning superligadagi oddiy bir oʻyini. Jalka shunaqa muhlislar, jalka performancelar. Mani gapimga qoʻshilmaydiganlar ishonmasangiz telni ovozini 0 qilib 5minut oʻyinni koʻring. Oʻyinni faqat muhlislik shijoati koʻtarib turibdi. Rahbariyatlar muhlislarni oʻyinga qiziqishini oshirmoqchi bolishadiyu, lekin futbolchilarning shijoatini, oʻzbek futboli sifatini koʻtarishni oʻylamaydi. Bunday ahvoldan keyin kim kiradi oʻyinga? Toshkentliklar toʻgʻri qiladi, bunaqa futbolni rasxod qilib maydondan, umuman tvdan ham koʻrishga arzimaydi. Boshida aytganimdek muhlislarga hurmatim cheksiz. Man faqat futbolchilarni oʻyinini aytdim.
+8   
05 okt 17:45:54
Soccerland777
аср финалимас, муср финал... Ўйин ноль иккала жамоадаям
+7   
05 okt 17:31:06
AA H.A
У́та зерикарли у́йин.нима бу́саям стадиондаги Томошабин учун у́йнайлар
+6   
05 okt 17:49:19
Soccerland777
Ўзбекистон чемпионатини Насаф кўтариб турибди экан. Қолган жамоалар ур теп. Махалла футболи
+5   
05 okt 18:49:13
Красавчик Красавчик
Ким чемпион бусаям Нефтчи разбарияти ва Фаргоналикларга рахмат. Ташкилотчилик ва майдон холати жудаям ажойиб))))
+4   
05 okt 17:57:19
Otsiz Chavandoz
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Maydondigi futbol muxlisliga solishtirganda tuftadan besh battar. Finalga Paxtakor Nasaf chiqqanda muxlisli bunchali zo'r bo'masdi, lekin maydonda haqiqiy futbol haqiqiy taktik jangi ko'rgan bo'lardi. Anjon Gulbahor be bi gi futbol o'ynavoti. Na pas bor na kombinatsion futbol.
Bunyodkorda super kubokda qanaqa jang qanaqa futbol bo'gandiya. Hamma uxx mana o'yin divorgandi. O'sha o'yinni 15 minuti hozirgi finaldan qizuro futboli qadrlagan inson uchun.
+4   
05 okt 17:49:18
Odiljon Rasulov
Пахтакорчилар ярим финалда Навбахорга ютказганлигинлар сабабли табий равишда Андижонга мухлислик киляпсизлар лекин охирида барибир кубокни НАВБАХОР олади
+3   
05 okt 18:43:35
Paxtakor Toshkent
Андижон санчиб куйди. Хайр Навбахор. Хайр кубок. Гол уриб химояга ётиб олиш мана шунака окибатларга олиб келади.
+3   
05 okt 17:17:03
Hurshid Sodiqov
Andijonga omad Paxtakor muxlisi
+3   
05 okt 16:38:39
Jasurbek Isroilov
Давай Анжан биз сенга ишонамиз только победа
+3   
05 okt 16:37:51
Хавасбек
Андижонга факат омад ва галаба тилайман !!!!! Олга Андижон..Бургутлар олгааааааааааааааа !!!!!
+2   
05 okt 19:12:35
Zohidjon Usarov
Рашидов гудайган хурозга ухшаб колибди.
+2   
05 okt 19:06:13
Paxtakor Toshkent
Андижон купрок ютишни хохлаяпти. Манимча ютади бу уйинни.
+2   
05 okt 18:42:46
Красавчик Красавчик
Ма наххуй бля))))
+2   
05 okt 18:40:30
Abduraxmon Vaxobov
Ана Андижан хам урди....
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика