So’nggi yangiliklar

13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0 12:39"Реал" Рюдигер билан музокара ўтказади  0 12:00TVCOM'да бугунги ўйинлар: А Серияда топ баҳс, “Реал” ва бошқалар  1 11:31"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  1 11:05"Насаф" футболчиси "Қўқон-1912" жамоасининг тўлақонли аъзосига айланди  1 10:43Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувда энг паст баҳони олди  3 10:20Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Нефтчи" билан шартномани узайтирди  1 09:52Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда  43 09:18"Насаф" "Қўқон-1912" футболчисини сотиб олди  0 08:44Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги ажойиб ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:18Самвел Бабаянга Андижон вилояти ҳокими томонидан минимум вазифаси қўйилди  11 07:43Салoҳ "Ливерпул"ни қишда тарк этадими?  5 03:05“Интер Майами” илк бор МЛС кубогини қўлга киритди. Лео финала 2 та ассист ижро этди  24 03:00Лига 1. ПСЖ "Ренн"га жавобсиз 5 та гол урди  1 02:55Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  0

Aleksandr Ejov: "Xorazm" Superligada o'ynashga haqli jamoa" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Xorazm" Superligada o'ynashga haqli jamoa"

O'zbekiston Superligasining 28-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "So'g'diyona" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, barchasi rejamiz bo'yicha ketayotgandi. Ustunlikni qo'lga olishga, vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Lekin qizil kartochka bu rejalarga biroz putur etkazdi. Yakuniy natija mag'lubiyat bo'ldi",- deydi Aleksandr Ejov. 

- Ilk daqiqalardan hujumchisiz o'ynash taktik qaror edimi?

- Agar futbol ko'rgan bo'lsangiz bizda Temurbek Ismailov hujumchi rolida harakat qildi. Bunga qadar ham u shu poziciyada to'p tepgan va gol urgan. Murod Bobojonovda jarohat bor edi, u biz bilan safarga ham bormagandi. Jismoniy taraflama tayyor emasdi. O'yindan oldin u bilan gaplashdik, chunki 10 kunga yaqin tiklanish jarayonida edi. 

- Hakim Fuzaylovga nima bo'ldi?

- U shu erda bo'lishi kerak edi, lekin sog'lig'ini davolamoqda. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda murabbiy o'z o'rnida bo'ladi. Xorazmlik muxlislardan uzr so'rab qolaman. Ular bizni doim qo'llab-quvvatlamoqda. Qo'limizni pastga tushirmaymiz, oxirigacha kurashamiz. "Xorazm" Superligada o'ynashga haqli jamoa. Bu erda elita uchun infratuzilma bor. Albatta, birinchi yil qiyin bo'lyapti. Yigitlar 10 kishi qolib ham oxirigacha o'ynashdi, golli vaziyatlar yaratishdi.  Lekin to'p raqib darvozasiga kirmadi. Ishqibozlarga yana bir bor qiyin davrda olqishlab turishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldimizda turgan vazifani bajarishga bor kuchimizni ishga solamiz. To'g'ri, biz Superligada to'g'ridan-to'g'ri qolishni istagandik. Pley-offni rejalashatirmagandik. Superligada hech bir raqibga shunchaki engilmadik. Biz birinchi navbatda bu jamoani kuchlilar safida qolib qolishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

   
10 noy 20:34:05
Азим Исмаилов
Хали хоразмда имконият бор утиш уйинида 3 уйин уйнайди шундан 1 тасини ютса булди
   
10 noy 12:30:30
Hamidbek Samandarov
У́зимизни лигамиз яхши бизга биринчи лига супер лига бизгамас
   
10 noy 11:05:56
Abdulaziz Xamroyev
Super ligada qolish uchun kurashish kerak faqat ochko ulashadigan jamoa qanaqa qilib qoladi himoyasi sochilib ketadigan jamoa xujumda barqarorlik yetwmidi kurashish kerak hardoym
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика