So’nggi yangiliklar

00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  0 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  41 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  0 23:11Александр Хомяков: "Ўйинимиздан қониқдим деб айта олмайман, чунки кўп нарса ўхшамади"  8 22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  1 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  22 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   2 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  4 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  178

Aleksandr Xomyakov: "O'yinimizdan qoniqdim deb ayta olmayman, chunki ko'p narsa o'xshamadi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yinimizdan qoniqdim deb ayta olmayman, chunki ko'p narsa o'xshamadi"

Superliga 28-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Qo'lga kiritilgan bir ochko bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikringiz?

- Durang uchun tabriklamasangiz ham bo'ladi, chunki biz uchun har bir o'yin finaldek gap va faqat yutuq uchun o'ynayapmiz. Afsuski, o'tgan tur "Andijon" bilan bahsda va bugun "Neftchi"ga qarshi bellashuvda muhim ochkolarni boy berdik. Bugungi o'yinimizdan qoniqdim deb ayta olmayman, chunki ko'p narsa o'xshamadi. Balki "Neftchi" shundoq ham kuchli, ular chempionlikka kurashyapti deyishingiz mumkin, lekin biz ham Superligada qolish uchun kurash olib boryapmiz va bu o'rinda bizga ham g'alaba kerak bo'ladi. O'zimiz o'ylagan reja asosida raqibga xavf tug'dira olmadik. Hujumda ishimiz o'xshamadi. Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqasini yaxshi o'tkazdik. Ammo keyin qovushmay qoldi, avvalo maydon markazini boy berdik. Hatto bir kishi kam bo'lib qolganda ham tizginni o'z qo'limizga ola bilmadik. Lekin yakunda bir ochkoni qo'lga kiritdik.

- Anchadan beri kuzatyapmiz, jamoangiz o'yinni yaxshi boshlayapti, o'zingiz aytib o'tgandek 15-20 daqiqa zo'r harakat qilyapti, birinchi bo'lib gol ham uryapti, ammo shundan keyin temp tushib himoyaga o'tib olmoqda. Bugun esa buning aksini ko'rdik, jamoangiz gol o'tkazganidan so'ng ancha faollashdi. Bu taktika bilan bog'liqmi?

- Bugun bunday gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Yana qaytarib aytaman, turnir jadvalidagi holat bizni oxirigacha faol bo'lishga va agressiv futbol namoyish etishga undamoqda. Har bir uchrashuvda faol bo'lishimiz shart. Chempionat tugashiga oz qoldi, zaxira o'rindig'imiz ham keng emas, biroq nimadir qilmasak bo'lmaydi. Bu borada doim yigitlarga kerakli maslahatlarni beryapmiz. Futbolda o'yin ritmini boshqarish va ritmdan chiqib ketmaslik juda muhim hisoblanadi. Qolaversa, har bir raqibni o'z o'yin ruhiyatimizga tushirsak, o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta olamiz. 

- Bugungi o'yinga 5 balli tizimda necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Keling, minus to'rt deya qolaman. Birinchi taymning o'zidayoq bir nechta futbolchimiz o'yindan chiqib qoldi. Bu ham tasir qildi.

- Toma Tabatadzening yo'qligi qanchalik o'z tasirini ko'rsatdi?

- Aslida o'yin uslubimiz bo'ydor futbolchilardan foydalanib havodan to'p uzatishlar orqali gol urishga qaratilgan. Balki Tabatadze bo'lganida g'alaba qozongan bo'larmidik, to'g'risi uning yo'qligi bilindi. Dominik Begich ham zo'r o'ynadi, gol urdi, jamoa foydasi uchun ancha mehnat qildi. Lekin markaziy hujumchi sifatida Tabatadzening yo'qligi sezildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
08 noy 00:30:30
Абдукарим Каххоров
Бу ўйинда Алибоевнинг қилиғидан кейин ўйин тенглашди.
Агар шу қизил бўлмаганда катта эхтимол билан Нефтчи ғалаба қозонар эди.
   
08 noy 00:00:44
Nodirbek Axmedov
Лекин мухлисларга қойил қолмай илож йўқ, хубдурун анави Пешайвон кийиб олган акахонга гап йўқ
   
07 noy 23:58:54
Nodirbek Axmedov
Надеюсь в остальных играх вам улыбнется госпожа удача.
   
07 noy 23:56:47
Nodirbek Axmedov
Офарин "Бухоро"!!! Мақсад сари олға! Про вас уже ася страна знает что как раз вы обладатели кубка нашего республики. Респект всем футболистам ФК Бухары!
   
07 noy 23:55:12
تعمورخن ومار خجا
Andijon nimani koʻzlab buni ketqizdi va shatskixdi obkeldi bazida nomlar xecvnimani xal qilmaydi eng qizigʻi bu Jamoani shakillantirdi kubok va stadion toʻla muhlis yiliberdi ketqazdi
Shatskixda na oʻyin bor na jamoa na muhlis bor na natija lekin xali xamon ketmidi xayronman bular shatskixdi uaxshi koʻribqolganmi)))
   
07 noy 23:42:16
Ихтиёр
Рахмат сизга хомяков маза килдим уйин учун омад сизга бухоро жамоасига
   
07 noy 23:25:17
David Terezege
Молодец Хамяков Бухоро жамоасини кучайтириб юборди
   
07 noy 23:18:19
Жамшид Jamshid
Хомяков Левченко ни ютди. Ман уйлагандим килган заменаларидан бухоро ютказишга уйнавоти деб лекин Хомяков ютди. Левченко хар доимгидей замена килишга кеч колади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика