So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Aleksandr Xomyakov: "Futbolda har doim yutavermaysiz. Menimcha, ofsayd yo'q edi, lekin men ekspert emasman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Futbolda har doim yutavermaysiz. Menimcha, ofsayd yo'q edi, lekin men ekspert emasman"

"Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Paxtakor" (0:1)ga qarshi O'zbekiston kubogi finalidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor"ni tabriklab qo'yishim kerak. Ularga OCHLda omad tilayman. Muxlislarimizga rahmat. Tomoshabop futbol bo'ldi deya olmayman, ammo bu final va birgina vaziyat o'yin taqdirini o'zgartirib yuboradi. Yigitlar kurashishdi va borini berishdi, ammo bugun g'alaba raqibga nasib etdi" - dedi Aleksandr Xomyakov.


— "Buxoro"ning goli bekor qilingan vaziyat haqida gapirsangiz. Vaziyat takrorini ko'rishga ulgurdingizmi?

— O'sha vaziyatda "passiv" ofsayd bor ekan deyishmoqda. Ekspertlar va hakamlar bor. Mening fikrim ularniki bilan bir xil bo'lmasligi mumkin. Menimcha, ofsayd yo'q edi, lekin vaziyatni hal qilmayman va ekspert emasman. To'g'ri, alamli mag'lubiyat, lekin biz hujumda agressivroq o'ynashimiz mumkin edi.

— Bashar Resanga sariq kartochka ko'rsatilgan vaziyatda-chi?

— Menga hamma narsa bordek tuyulaveradi. Birinchi bo'limda Po'latovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun qizil kartochkani ko'rsatish mumkin edi. Hakamlarning darajasi yuqori va ularda tajriba katta.



— Hissiyotlarga boy o'tgan o'yindan so'ng "Buxoro"ning ayrim futbolchilari yig'layotganini ko'rdim. Kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedingiz? Hali oldinda chempionat o'yinlari bor, yigitlarni qanday ruhlantirmoqchisiz?

— Bunday vaziyatda hech qanday so'z shart emas. Yigitlarimiz professional, ularni tinchlantirib o'tirishning hojati yo'q. Uch kundan keyin yana o'ynaymiz. Bir narsani tushuning, futbolda har doim yutavermaysiz. Buning iloji yo'q. Shunday mag'lubiyatlar yosh futbolchilarimizga katta saboq va tajriba bo'ladi degan umiddaman. Hayot adolatsiz. Mana shunday vaziyatlar o'z hayotidagi bir nimaga intiladigan insonlarga yaxshi tajriba bo'ladi.

— O'yindan oldingi atmosfera qanday edi? "Paxtakor"ga favorit sifatida qaraldimi? O'yindan so'ng Kolakovich yig'laganini ko'rdim va bu holat meni hayron qoldirdi. Bizda ko'pgina legionerlar pul ishlash uchun keladi. Kolakovich esa xuddi yosh boladek ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi.

— Tushuning, futbol sovrin yutish uchun o'ynaladi. Hozirgi kunda futbolchidan qaerda o'ynagansan deb emas, nima yutgansan deb so'raladi. Har doim nima yutgansan deb so'rashadi. Kolakovich ancha yillardan beri O'zbekistonda to'p tepib kelmoqda va shu sababli u o'z nomini tarixdan joy olishni istagandir. Biz muxlislarimiz va oilamiz uchun o'ynadik. To'g'ri, raqib ancha kuchli edi, lekin qo'rquv yo'q edi. O'yindan oldin natija qanday bo'lishini bilmaysiz. Faqatgina o'yindagi harakatlarga etiborli bo'lishni so'radim. Yoshlik chog'ingizda ko'chada qanday ishtiyoq bo'lgan futbol o'ynagan bo'lsangiz, bugun ham shunday xohish va ishtiyoq bilan o'ynanglar dedim.

Reyting: +20   

Fikrlar

+12   
29 okt 22:54:48
Dilshod 441
Рузикул Бердиевни гапи буйича суриштирув утказмоқчи булган УФА бу уйин буйича нима деркан, суриштирув утказармикан
+7   
29 okt 23:12:02
1994 Nurafshon
Пахтакор рахбарияти мухлисларига татирмикан шунака голиблик
+5   
29 okt 23:55:04
Farhod
Azamat Turgunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Penalti Paxtakor foydasiga bermadi, Resanga qizil bermadi, balki toza golli xisobga olmadi hakamla xato qildi... jabrri kópro Buxoro kamandasi kórdi lekin Nasaf bilan Navbaxorri muxlisalarini kim "itarib' ketti xamma joyda ulani komentlari.. xamma narsa bólishi mumkunidi penalri berganida balki Paxtakor tezro óyinni óldirardi, Resandayam bunaqa vaziyatga tushmasidi xullas peshanada bori bóldi... Nasap bilan Naxbaxorri muxlisalarini kimdir ovutsin orqasi yonib kuyib kul bôp ketti. 90 minut qisp ótirgan xezmla
Seni nasaf bn navbaxorni muxlislari sikib ketibdi wekili yban
+4   
29 okt 23:23:25
TOMJIQ_OLOT
Аслида ўйиннинг 75-дақиқасида қизил карточка кўрсатилиб, майдонда битта кам ўйнашларинг керак эдику! Мард бўлларинг сариқ мушукчалар)
+4   
29 okt 22:59:18
Жамшид Jamshid
Хакам йил озирида йил знаками соврини олади курасизлар. Катта Иш килиб берди
+4   
29 okt 22:55:39
ЮВЕНТУС-10
Олий Хакам жазосини берсин хаммасини
+4   
29 okt 22:50:52
А.С.Р
2023-yil 29-oktyabr.
Superliga .Buxoro-Paxtakor . VAR Hakami Nayim Qosimov.
Hakamni xatosi tufayli Paxta chempion bo'lgan edi. Hakam nomuayyan muddatga ketgan edi.

2025-yil 29-oktyabr. Uzb Kubogi. Final. Buxoro Paxtakor . Hakam. Nayim Qosimov. Yana sudyani xatosi. Xullas tarix takrorlanadi. Paxta chempion bo'ladi
+2   
29 okt 23:11:10
1994 Nurafshon
Дилшодбек каттабеков деган шархловчини тел ракамини топишим керак унака нохолис нопок инсонни умрим давомида курмаганман Дилшодбекни калласига иши бор у соглом одамммас хурматли спорт канал рахбари уни яхшилаб текширинг у инсон шархловчиликка лойикмас.
+2   
29 okt 22:50:47
Санжар Жураев
Хакам 2 марта ердам бериб юборди
+2   
29 okt 22:48:21
STENLESS..R
Каннаварони олдида футбол мутасаддилари шарманда булишади гол 90 фоиз кизил карточка берилиши керак зди хакамлар футболни расво килишди
+1   
30 okt 09:01:38
Шуҳрат Зиётов
Респект Хомяков. Бухорони зўр тайёрлабсан финалга. Лекин ўзбек футболини юзи кўриниб қолди. Ахволимиз шу.
+1   
30 okt 07:36:17
Ихтиёр
Биза учун бухоро чемпион
+1   
30 okt 00:16:27
Azamat Turgunov
Farhod foydalanuvchining fikriga javob berish
Seni nasaf bn navbaxorni muxlislari sikib ketibdi wekili yban
Sanga óxshab geymasman chumo jala
+1   
29 okt 23:53:24
Nodirbek Axmedov
1994 Nurafshon foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор рахбарияти мухлисларига татирмикан шунака голиблик
Ака фарқи йўқ уларни катталарига
+1   
29 okt 22:51:27
Xojakbar Xaitov
Битта клиз берилмади битта пенальти берилмади гол офсайд эди явный Билмиман ман бетарафман
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика