So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Aleksandr Xomyakov: "Mahorat etmasa, ishtiyoq va xohish asosiy rolga chiqadi. G'alaba qozonish hech qachon jonga tegmaydi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Mahorat etmasa, ishtiyoq va xohish asosiy rolga chiqadi. G'alaba qozonish hech qachon jonga tegmaydi"

"Buxoro" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finali oldidan buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov va hujumchi Aziz Amonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"Ertaga qiyin final kutib turibdi. Principiallik yuqoriligini bilamiz. Mashg'ulotlarimizda katta o'zgarish bo'lmadi. Ertaga o'z imkoniyatlarimizni yaxshi jihatdan namoyish etishga harakat qilamiz. Biz viloyat va muxlislar oldida javobgarmiz va bu jihat biroz hayajonlantirmoqda. Ertangi o'yinni kutamiz", – dedi Aleksandr Xomyakov finaldan oldin.

"Ertangi uchrashuvda yaxshi natija qayd etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. "Paxtakor" finallarda ko'p marotaba ishtirok etgan, "Buxoro" esa ilk marotaba finalda qatnashmoqda. Raqibni o'rganib chiqdik va qolganini maydonga ko'ramiz", – dedi Aziz Amonov.


- "Buxoro" finalga qadar har bir uchrashuvda autsayder edi. Barcha jamoalar "Buxoro"ga qarshi o'ynashni istayotgan edi, ammo jamoa yakunda finalga qadar etib keldi. Menimcha, qog'ozda "Buxoro" ertaga ham autsayder va "Paxtakor" favorit. "Buxoro" o'yindan oldin autsayder jamoa sifatida qaralashi ustunlikmi beradimi yoki aksincha?

Albatta, raqib - favorit. Biroq final bir o'yindan iborat. Bunga ko'p misollar keltirishimiz mumkin. Biz g'alaba haqida o'ylamoqdamiz va ertaga yaxshi natija qayd etish uchun borimizni beramiz.

- Aziz Amonovga savol. Yaqinda Superliga klubining bir murabbiyi "Buxoro"ning motivaciyasi ko'proq bo'lgani uchun keyingi bosqichga o'tdi va o'sha uchrashuvda bir futbolchida qo'shimcha ishtiyoq bor edi deb aytib o'tdi. Ertangi finaldan oldin sizda ham shunday qo'shimcha ishtiyoq bo'ladimi?

- Men "Bunyodkor"ga qarshi hech nimani isbotlamoqchi emas edim. Biz har doim jamoa bo'lib maydonga tushamiz. Jamoada maqsad bitta - keyingi bosqichga o'tish. U kimki, men unga bir nimani isbotlayman. O'yin taqdiri bir futbolchiga bog'liq bo'lgan emas, biz jamoa bo'lib g'alaba qozonib kelyapmiz. "Paxtakor"ga qarshi ham bir jamoa bo'lib tushamiz, qolgani esa yaratgandan.

- Aziz Amonovga savol. Superligada "Buxoro" "Paxtakor"ga ikki o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Finalga qanday tayyorgarlik ko'rildi va ruhiy jihatdan futbolchilar finalga tayyormi?

Murabbiyimiz bu haqida takidlab o'tdi. To'g'ri ligadagi o'yinda oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordik, ammo mashg'ulotlarda bu jihat ustida ishladik. O'ylaymanki, finalda kamroq xato qilamiz va yaxshi natija qayd etishga erishamiz.


Ikki jamoalarning so'nggi to'qnashuvida "Buxoro" raqibga ochiq o'yin taklif qilgan edi va shu sababli yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ertaga "Buxoro" biroz himoyaviyroq uslub tanlaydimi?

- Sabablardan biri deb o'ylamayman. Biz hujumkor jamoaga qarshi agressivroq o'ynashni istagan edik. Asosiy sabab biz o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimizda, menimcha. Biz raqib darvozasi tomon to'pni etkaza olgandik, lekin yana bir bor takrorlayman. Raqib darajasi ancha yuqori va jamoa tarkibi terma jamoa futbolchilaridan tashkil topgan. Biz o'z vaziyatlarimizni ko'kka sovurdik, raqibga esa foydalandi. Ko'ramiz, ertangi o'yin qanday bo'lar ekan. Biz "syurpriz" tayyorlashga harakat qilamiz.

- O'tgan yili "Andijon" futbolchilarining ko'pchiligi uchun faoliyatidagi birinchi final edi. "Buxoro" futbolchilari uchun ham shunday. Ushbu jihatni hisobga olsak, ertangi uchrashuvda "Buxoro" uchun ko'proq ruhiy tayyorgarlik muhimroqmi?

- Ha, ertaga ko'proq hissiyotlar ishlaydi. To'g'ri, raqib bizdan kuchliroq. Bu haqda statistika va musobaqa jadvali aytmoqda. Shuning uchun biz ko'proq psixologik tayyorgarlikka urg'u berishimiz kerak. Biz final ekanligini katta etibor qaratyapmiz. Sababi final bir o'yindan iborat. O'tgan yili ham raqibimiz ancha jiddiy edi. Mahorat etmasa, ishtiyoq va xohish asosiy rolga chiqadi.

- Sergeev Superliganing eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Uni ertaga qanday qo'riqlamoqchisizlar? Balki Igorga personal himoya qo'llash kerakdir?

- Balki (kuladi). Biz tayyorgarlik ko'ryapmiz va imkon qadar raqibning kuchli jihatlarini bartaraf etish. Biz esa ko'proq raqibning kuchsiz nuqtalariga zarba berishga harakat qilamiz. U juda yaxshi formada, ammo undan tashqari boshqa futbolchilar ham ko'p. Raqibning ustunliklarini bilamiz va ularni bartaraf etishga intilamiz.

- O'tgan yili finaldan so'ng O'zbekistonda bekorga 15 yildan buyon ishlab kelmayotganini Kubok yutish orqali isbotladim degandingiz. Bu yil ham jamoangiz finalga qadar etib keldi. Balki bu yil ham kimdirga yana bir nimalarni isbotlagandirsiz?

- Har bir murabbiy sovrin yutishni xohlaydi. Sovrinlar orqali o'z ismini tarixga yozadi. G'alaba qozonish hech qachon jonga tegmaydi. Ishtiyoq har doim bo'lishi kerak. Futbolchilarga ham shu haqda aytdim. G'alaba qozonish uchun esa biroz ko'proq mehnat qilish kerak.

"Buxoro" – "Paxtakor" to'qnashuvi ertaga "Bobur Arena"da 18:30 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+3   
28 okt 20:49:47
,Хаqiqiy Kazim.
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Хакамлар ёрдам бермаса яхши уйин булади
Бир тийинга киммат пикр
+2   
28 okt 21:09:07
Жамшид Jamshid
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир тийинга киммат пикр
Чала жон чала савол чала одам чала Тошкентлик курдинг канчалар чала сан келтириб бердим вахахаха
+2   
28 okt 20:44:21
nerazzuri
Dilshod Ergashev foydalanuvchining fikriga javob berish
Akamisan ukamisan bilmadim lekin komandang halol bulishi mumkin ortidagilari emas deb qurqaman bilib turibsan nima demoqchiligimni paxtakor yaxshi jamoa hurmat qilamiz halol qilib yutsin mayli hech kim xafa bulmaydi chunki unda yaxshi saviyadagi terma jamoa uyinchilari bor lekin agar hakamlarning qupol xatolari evaziga yutilsa bu uje buyuk jamoaga yarashmaydi garchi klub bunga aloqasi bulmasa ham buxoro jamoasiga keladigan bulsan eng birinchi sabab qilib uz uy stadioni yoq akademiya stadioni xalqaro standarta javob bermaydi deb baxona qilib kubokni paxtakorga olib berishlari ham mumkin
Бухорони бу мавсум икки уйинда йиарик хисобда маглуб этган Пахтакор энди учунчи уйинда Хакамга мухтож буладими ? Хасад жуда ёмон нарса ва албатта тухмат хам , бу билан кукармесан биродар , уша гап БАХОНА излаб хакамларга осилиш хозир мудадан колган ....
+2   
28 okt 20:13:28
nerazzuri
Dilshod Ergashev foydalanuvchining fikriga javob berish
Uyinni paxtakorga olib berishmasa hakamlar katta saxnaga chiqishmasa paxtakorni imkoniyati past yutishiga
Роса кутинг куяпти а , хакамларга осилма эркак булгин , хозир хотинчалишни гапини айтяпсан.
+2   
28 okt 19:20:46
Шухрат Эргашев
Утган йилгидек Андижон Навбахор финалидек финал булишини истаймиз. Асосийси мухлисларбор уйин булсин.
+1   
28 okt 21:05:52
Лацио Пахтакор
Дилшод Ергашев брат, яхши ният қиловринг Оллоҳим насиб қилса кубок Бухороники бўлади. Сиз ҳозирдан ҳакамларга осилиб Бухорога ҳам, ўзизга ҳам ишонмаяпсиз, шундай бўлсангиз кубокни қандай қилиб Бухорога олиб кетасиз? Омад Бухорога.
+1   
28 okt 20:14:47
Dilshod Ergashev
Mani fikrim ertangi uyinga var ishlaganidan keyin hakam qaror chiqaradigan bulsa oldin maydon urtasiga chiqib nima sababdan qanaqa qororga kelganini muxlislarga aytsa yaxshi bular edi
+1   
28 okt 20:10:45
Dilshod Ergashev
Ertaga var kup ishlaydi kurasizlar man bir narsadan xavotirdaman hakamlarning qupol xatosidan chunki xatoga yul qoyib insofni yoqotib qoyib xato qilsa uni orqaga qaytarib bulmaydi bu xatolar uyinga katta tasir qiladi
+1   
28 okt 19:26:23
Жамшид Jamshid
Хакамлар ёрдам бермаса яхши уйин булади
+1   
28 okt 19:21:04
Абдулазиз Кодиров
Кучлиси ютовирсин
+1   
28 okt 19:20:10
Фарход
Давай -Давай Бухоро, Самарканд мухлислари Сизлар билан! Кизикарли финал булади деган умиддамизлар .
   
28 okt 20:28:14
Dilshod Ergashev
nerazzuri foydalanuvchining fikriga javob berish
Роса кутинг куяпти а , хакамларга осилма эркак булгин , хозир хотинчалишни гапини айтяпсан.
Akamisan ukamisan bilmadim lekin komandang halol bulishi mumkin ortidagilari emas deb qurqaman bilib turibsan nima demoqchiligimni paxtakor yaxshi jamoa hurmat qilamiz halol qilib yutsin mayli hech kim xafa bulmaydi chunki unda yaxshi saviyadagi terma jamoa uyinchilari bor lekin agar hakamlarning qupol xatolari evaziga yutilsa bu uje buyuk jamoaga yarashmaydi garchi klub bunga aloqasi bulmasa ham buxoro jamoasiga keladigan bulsan eng birinchi sabab qilib uz uy stadioni yoq akademiya stadioni xalqaro standarta javob bermaydi deb baxona qilib kubokni paxtakorga olib berishlari ham mumkin
   
28 okt 20:28:14
Dilshod Ergashev
nerazzuri foydalanuvchining fikriga javob berish
Роса кутинг куяпти а , хакамларга осилма эркак булгин , хозир хотинчалишни гапини айтяпсан.
Akamisan ukamisan bilmadim lekin komandang halol bulishi mumkin ortidagilari emas deb qurqaman bilib turibsan nima demoqchiligimni paxtakor yaxshi jamoa hurmat qilamiz halol qilib yutsin mayli hech kim xafa bulmaydi chunki unda yaxshi saviyadagi terma jamoa uyinchilari bor lekin agar hakamlarning qupol xatolari evaziga yutilsa bu uje buyuk jamoaga yarashmaydi garchi klub bunga aloqasi bulmasa ham buxoro jamoasiga keladigan bulsan eng birinchi sabab qilib uz uy stadioni yoq akademiya stadioni xalqaro standarta javob bermaydi deb baxona qilib kubokni paxtakorga olib berishlari ham mumkin
   
28 okt 20:07:06
Dilshod Ergashev
Uyinni paxtakorga olib berishmasa hakamlar katta saxnaga chiqishmasa paxtakorni imkoniyati past yutishiga
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика