So’nggi yangiliklar

23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:30АПЛ. Лондон дербисида "Тоттенхэм" ва "Челси" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  9 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  1

Aleksandr Xomyakov: "Andijon men uchun qadrdon shahar, lekin bu erga yutish uchun kelgandik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Andijon men uchun qadrdon shahar, lekin bu erga yutish uchun kelgandik"

Superliga 27-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yin o'ziga yarasha bosimli kechdi. Ochkolar juda ham zarur paytda tavakkal qilishga harakat qilyapmiz. Boshqalar ham shunday yo'l tutyapti. Chunki dekabrda bo'ladigan pley-off o'yinlarida hech kimning maydonga tushgisi yo'q. Biz oson bo'lmasligini, Kubok finalidan keyin ikki kun ichida tiklanish qiyin bo'lishini bilardik. Futbolchilarimiz qo'ldan kelgancha harakat qilib, o'yinga bor kuchni berishdi. Bu bilan jamoamni tabriklasam bo'ladi. Birinchi bo'lib to'p kiritdik, keyin esa o'tkazib yubordik, lekin na iloji bu futbol. Men "Andijon" bilan bahsda boshqacha tuyg'ularni his qildim: stadiondagi muhit, muxlislarning tinmay olqishlab turishi - bularni paytida o'z boshimdan o'tkazganman. Yana o'sha voqealar esimga tushib ketdi. Bu erga qaytganimdan xursandman.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Yo'q. Chunki har bir o'yinni yutmasak bo'lmaydi. Turnir jadvalidagi holat shuni taqozo qilyapti. Bugun raqib darvozaboni ancha yaxshi harakat qildi. Andijon men uchun qadrdon shahar, ammo to'g'risini aytaman, bu erga yutuqni ko'zlab kelgandik.

- Bugungi o'yinda finaldan keyingi charchoq alomatlari kuzatilgandek bo'ldi.

- Finaldan keyin oradan necha kun o'tdi? Ikki kunmi? Uchinchi kuni maydonga tushyapmiz. Aytganimdek, birdaniga tiklanib olish oson emas. Finalda qancha kuch yo'qotganimizni hamma ko'rdi. Chunki kubokni qo'lga kiritishni astoydil xohlagandik. Natijada shu ikki kun faqat tiklanish bilan kechdi.

- Tabatadze va Amonovni almashtirish sababi?

- Ular ham ikkita o'yinni yaxshi o'tkazishdi. Shu bois bugungi uchrashuvda zaxiraga olib boshqa futbolchilardan foydalandik. Qarshi hujumlarda tez harakat qilamiz degan maqsadda yoshlarni tushirdik.

- "Andijon" klubi siz uchun begona emas. Shunday ekan, jamoaning OCHL 2dagi ishtiroki haqida fikringiz qanday?

- Jamoa uchta o'yin o'tkazib, uch durang qayd etdi. Gol o'tkazmagani va gol urmaganini ham bilaman. Keyingi o'yinlarda imkoniyat yaxshi deb o'ylayman. Muhimi, qo'lni tushirmaslik kerak. Yaqinlashib kelayotgan bahs "Andijon" uchun juda muhim bo'ladi, shu o'yinni yutib olish lozim. Bugun o'zaro o'yinimizdan oldin "Andijon" futbolchilariga shunday dedim: o'tgan yil birgalikda ishlab OCHL 2 yo'llanmasini qo'lga kiritgandik, endi ishqibozlarni yanada xursand qilish uchun yutmasangiz bo'lmaydi. O'ylashimcha, keyingi o'yinlarda albatta g'alaba bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
01 noy 21:46:15
Ихтиёр
Бухоро шу мураббий билан келаси йил бемалол медаллар учун курашади ,1,2 яхши уйинчи олсак
+1   
01 noy 21:22:13
Аббосхужа
Молодец Хомяков, "Андижон" футболчиларига ҳам ОЧЛ2 ўйинларини ютиш кераклиги учун мотивация берибти. Барибир "Андижон" ни кубок ютиб ОЧЛ 2га чиқишида меҳнати синганда. "Бухоро" да олдинроқ иш бошлаши керак эди.
+1   
01 noy 21:15:48
Жасурбек Фазилов
Шу тренер ни олиб колиш керак эди
+1   
01 noy 21:07:39
Saidjahon
Ким нима деса десин лекин Хомяков мен учун хурматга лойик уйинчи у билан куплаб унутилмас уйинларни курдик биринчи марта Бунёдкорни ютдик биринчи марта кубок олдик биринчи марта Пахтакорни сафарда ютдик.Спасибо за всё Хомяков.
+1   
01 noy 21:06:59
David Terezege
Aqlli murabbiy
   
02 noy 00:16:47
UZB-Абу-Даби
Ихтиёр foydalanuvchining fikriga javob berish
Бухоро шу мураббий билан келаси йил бемалол медаллар учун курашади ,1,2 яхши уйинчи олсак
Медалар учун
   
01 noy 22:39:44
ЮВЕНТУС-10
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Алкашга чикариб рпхбарларга ёмон курсатиб куйишган
Факат биздами десам Андижонга хам узини манфати учун бировга тухмат киладигонлар учраб турарканда
   
01 noy 22:37:08
ЮВЕНТУС-10
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Алкашга чикариб рпхбарларга ёмон курсатиб куйишган
Товба килдим вакат биздами десам Андижонга хам узини манфа
   
01 noy 22:37:08
ЮВЕНТУС-10
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Алкашга чикариб рпхбарларга ёмон курсатиб куйишган
Товба килдим вакат биздами десам Андижонга хам узини манфа
   
01 noy 22:22:01
Kardinal
ЮВЕНТУС-10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хамяков узи нима учун охиригача Андижонга ишламаган шуни хеч тушунмайман. У каерда ишласа хам максимал натижа кила олганку
Алкашга чикариб рпхбарларга ёмон курсатиб куйишган
   
01 noy 22:02:56
ЮВЕНТУС-10
Jurabek Madatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijonga qolishi kerak edi shu Murabbiy. Shatskiydan yaxshi murabbiy Aleksandr Xomyakov. Bir ikki yil yana imkoniyat berilsa natijalarni ancha yaxshilardi.
Хамяков узи нима учун охиригача Андижонга ишламаган шуни хеч тушунмайман. У каерда ишласа хам максимал натижа кила олганку
   
01 noy 21:49:54
Jurabek Madatov
Andijonga qolishi kerak edi shu Murabbiy. Shatskiydan yaxshi murabbiy Aleksandr Xomyakov. Bir ikki yil yana imkoniyat berilsa natijalarni ancha yaxshilardi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика