"Al Ittifoq" Hendersonni qo'yib yubormoqchi emas
11 jan 2024 01:50
Yangiliklar
"Al Ittifoq" Hendersonni qo'yib yubormoqchi emas
"Al Ittifoq" yanvarda yarim himoyachi Jordan Hendersonni qo'yib yuborish niyatida emas. Bu haqda "TalkSPORT" xabar bermoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, angliyalik futbolchi jamoani tark etmoqchi. Unga yangi mamlakatga moslashish qiyin bo'lmoqda, bundan tashqari, Saudiya Arabistoni iqlimi va mahalliy chempionat saviyasi ham yoqmayapti.
Oxirgi xabarlarga ko'ra, Henderson APLga qaytmoqchi. Biroq "Al Ittifoq" uni osonlikcha qo'yib yuborish istagida emas. Yaqin orada futbolchi bosh murabbiy Stiven Jerrard va sport direktori Mark Allen bilan muzokara olib borishi kutilmoqda.
Angliyalik futbolchi o'tgan yozda 14 million evro evaziga "Liverpul"dan "Al Ittifoq"qa o'tgan edi. 33 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar