Abdulla Abdullaev: "Endi yanada yuqori maqsadlar qo'yib, mundialda yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz"
08 iyu 21:10
Yangiliklar
Abdulla Abdullaev: "Endi yanada yuqori maqsadlar qo'yib, mundialda yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz"
O'zbekiston terma jamoasi azosi Abdulla Abdullaev MTJning bugungi mashg'ulotlarida saytimizga kichik intervyu berdi.
"Hissiyotlar juda o'zgacha bo'ldi. Biz ilk marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Buni ko'pchilik yillar davomida orzu qilib kutgan edi. O'yin kuni nimalarni his qilganimizni so'zlar orqali tasvirlab bera olmayman. Ichimizdan nimalar o'tganini o'zimiz bilamiz. Eng muhimi, biz buni uddaladik. Endi yanada yuqori maqsadlar qo'yib, mundialda yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.
Biz JCHga tayyorgarlik ko'rishni to'rt yil avval boshlagan edik. Har bir yashab o'tilgan kun bizni o'z maqsadimiz yaqinlashtirib borishini bilardik. Menimcha, biz to'g'ri yo'lda edik va o'zingiz ko'rdingiz-ki, yakunda natijaga erishdik" - deya so'zlab berdi Abdulla Abdullaev mundial yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilgani haqida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar