So’nggi yangiliklar

22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  14 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  3 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  19 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  11

8 o'yinda 8 xato. Superliganing 8-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

8 o'yinda 8 xato. Superliganing 8-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Rossiyalik ekspertimiz barcha bahsli epizodlarni sinchiklab o'rganib chiqdi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha mutaxassisi, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) va uning hakamlar jamoasi Superliganing 8-tur uchrashuvlaridagi bahsli holatlarni batafsil tahlil qildi.


"Buxoro" - "Mashal"

Penalti belgilash to'g'ri qaror edi. So'nggi takroriy vaziyatda ko'rinishicha, "Mashal" hujumchisi to'pni oldinga uzatgan, "Buxoro" himoyachisi esa oyoq bilan sirpanib, to'pga tegmagan va koptok hali maydon tashqarisiga chiqmasdan raqibni yiqitgan.

VIDEO


"Buxoro" - "Mashal"

Hakam epizod yakunlangucha ruxsat berdi va shundagina ofsaydni qayd etib, "Mashal"ning golini bekor qildi. Keyinchalik bekor qilingan golning muallifi, to'pni kiritganini nishonlash paytida, futbolkasini echdi. Buning uchun u sariq kartochka olishi kerak edi (sportga xos bo'lmagan xulq-atvor). Hakam bu holatda uni "kechirdi", bu esa xato edi.

VIDEO


"Buxoro" - "Mashal"

Mening fikrimcha, hakam yakuniy qarorni to'g'ri qabul qildi, VAR esa noto'g'ri aralashdi. "Mashal" jamoasi o'yinchisi sirpanib to'pni sherigiga uzatdi, shundan so'ng raqib bilan to'qnashuv yuzaga keldi. Qoida buzgan futbolchining oyog'i bukilgan, uning harakatlarida ehtiyotsizlik ko'rinmaydi. To'qnashuv inerciya tufayli sodir bo'ldi, bunda maysa ustida "sirpanayotgan" oyoq bilan tegib ketish holati kuzatilgan. Bu sariq karta uchun asos bo'lmaydi, qizil kartochka haqida esa gapirmasa ham bo'ladi.

VIDEO


OKMK – "Andijon"

Hakamlarning to'g'ri qarori va VARning yaxshi ishini etirof etish kerak. Epizod ancha murakkab: bosh hakam to'pni kuzatayotgani sababli voqea sodir bo'lgan joyga etibor bermagan. Bu erda to'p uchun kurash yo'q, OKMK o'yinchisi tomonidan qasddan va urg'u berib tirsak bilan urilgan zarba mavjud.

VIDEO


OKMK – "Andijon"

Hakam xato qilib, "Andijon" darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaziyatda eng muhimi shuki: OKMK o'yinchisi to'pga emas, balki to'pni o'ynashga harakat qilayotgan raqib tomon harakatlandi. Ikkala o'yinchi ham bir-biriga deyarli parallel holatda turib, to'pga birinchi etib borish uchun teng imkoniyatga ega edi. OKMK o'yinchisi shunchaki fol ishlash harakatini qildi.

P.S. O'zbekiston futbol hakamlari markazi (O'zFHM) ham ushbu epizodda hakamning xatosini tan oldi.

VIDEO


✅❌ OKMK – "Andijon"

Ushbu vaziyatda penalti to'g'ri belgilandi. Shuningdek, "Andijon" darvozaboniga sariq kartochka ko'rsatish lozim edi (u uning ikkinchi kartochkasi bo'lardi). Darvozabon rejasiz va to'p uchun kurashga kech kirishib, OKMK hujumchisini yiqitdi.

VIDEO


"Surxon" - "Paxtakor"

Hakamning hushtagi qachon chalinganini payqab bo'lmadi. Ehtimol, u kechroq, ammo "Surxon" o'yinchisi darvozaga zarba berishidan oldin hushtak chalgandir. Agar hushtak zarbadan avval chalingan bo'lsa, albatta, gol hisobga olinmasligi kerak. Hakam yo "Paxtakor" o'yinchisi "Surxon" darvozaboniga to'pni o'yinga kiritishga xalaqit bergan zahoti hushtak chalishi, yoki "ustuvorlik qoidasi"ni qo'llab, mezbonlarga hujumni yakunlash imkonini berishi lozim edi.

VIDEO


❌✅ "Surxon" - "Paxtakor"

Jarima zarbasi ijro etilishidan oldin "Surxon" o'yinchisi raqibini turtdi. Bu kichik uslubiy xato - aslida hakam qayta hushtak chalib, mazkur jarima zarbasini amalga oshirishga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Turtish to'p o'yinga kiritilishidan oldin, penalti epizodi sodir bo'lishidan avval yuz bergan.

Penaltiga kelsak, "Paxtakor" himoyachisi to'pga qaragan holda, chap qo'lini oldinga cho'zdi - bu "shlagbaum" deb ataladi. Bunday holatlarda o'yinchi o'z harakatlari uchun javobgar hisoblanadi. Natijada u qo'li bilan raqibining bo'yin sohasiga tegib ketdi. Penalti to'g'ri belgilandi, ikkinchi sariq kartochka ham to'g'ri ko'rsatildi.

VIDEO


❌✅ "Surxon" - "Paxtakor"

Birinchidan, "Paxtakor"ning 55-raqamli himoyachisi istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun sariq kartochka olishi shart. Shundan so'ng u to'pga o'ynaydi, "Surxon" futbolchisi esa xavfli tarzda, butsasining tag qismidan foydalangan holda to'pni olib qo'yishga harakat qildi. To'qnashuv nuqtasi - to'piq atrofi. Takroriy vaziyatlar orqali oyoqni "bosish" holati bo'lganmi yoki "engil tegib o'tish" holati bo'lganmi, aniq ko'rinmaydi. Ammo hakam yaxshi poziciyada turgan edi va uning qaroriga qo'shilsa bo'ladi.

VIDEO


✅❌ "Neftchi" - "So'g'diyona"

"So'g'diyona" murabbiyi sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun haqli ravishda sariq kartochka bilan jazolandi. Aslida, u mojaroni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, "Neftchi"ning 20-raqamli o'yinchisiga ham sariq kartochka ko'rsatish lozim edi - u mojaro joyiga ancha uzoqdan birinchi bo'lib yugurib keldi va janjalda ishtirok etdi. U provokaciyaga uchib, mojaroning avj olishiga hissa qo'shdi.

VIDEO


"Qizilqum" - "Navbahor"

Hakamlar jamoamiz bilan maslahatlashgandan so'ng, penalti noto'g'ri belgilangan, degan xulosaga keldik. "Navbahor" himoyachisi to'pni elkasi bilan o'ynagan, qo'li esa imkon qadar tanasiga yaqin bo'lib, uning hajmini oshirmagan.

P.S. O'zFXM ham bu holatda hakamning xatosini tan oldi.

VIDEO


"Qizilqum" - "Navbahor"

Mazkur holatda hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. "Qizilqum" o'yinchisi raqibning zarbasini oyog'ining son qismi bilan to'sdi, shundan keyin to'p yo'nalishi qo'l tomonga o'zgardi. Qo'l tanaga yopishgan holda edi va uning maydonini kengaytirmagan.

VIDEO


Shu tariqa, Superliganing 8-tur o'yinlarida hakamlar 8 ta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: -8   

Fikrlar

   
06 may 23:05:03
Mirzo_2112 Realmm
Mirjalol Qosimov sudiyalarga gapini bemalol otkozadi va undan qorqiwadi sudiyalar. 85 daqiqadagi penalti aniq yoq edi lekin xoramxor sudiya qoyib berdi yoq joydan
   
06 may 22:40:11
Faxriddin
Агмк андижон уйинидаки 85 дакикадаги пенальти хато эмас .билиб куриб атайин килинган жиноят
   
06 may 22:31:18
1994 Nurafshon
Алкаш Бухоро даовозасига нотугри пеналти куйилди
   
06 may 22:29:39
futbol_US
O'yinni hisobini o'zgartirish kerak, yoki hakamni umrbod proligaga badarg'a qilish kerak. Shunda adolatli bo'ladi. 3-4 ta o'yinni o'tkazib yana superligaga ishlasa bunday xatolar bo'laveradi. Jabrini vodiy klublari ko'radi.
   
06 may 22:14:11
Akmal
Аши гап Миржалол кетса Футболимиз ривожланади бумасам хуй
   
06 may 22:09:28
Frend Uzbekistan
Surxon paxtakor o'yinidagi hakamlikka kim javob beradi saudiyadagi hakamlikdan qolishmadiku yana AFCdan hafa bo'lib yuribmiz adolat qani deb. SURXONNI birinchi kiritgan goli nega hisoblanmadi. Kim tushuntiroladi buni nega paxtakor o'yinchilari surxon qarshi hujumini to'xtatib qoida Buzadiyiu surxon o'yinchisi chetlashtiriladi qani adolat qani mantiq o'rtoq pfl rahbarlari hakamlar masullari!!! Surxon shuncha ochiqcha hakamlar hatolariga qaramasdan g'alaba qildi ammo g'alaba qilmaganda nima bo'lardi bitta uzur bilan qutulib ketilarmidi yoki shu uzur ham yo'q hakam to'g'ri qarorlar qilgan deyilarmidi?!!!
   
06 may 22:02:42
Neuling
Xaromi örislarnikini yalaydi „ba'zilar“…
   
06 may 21:14:50
Murza
Uyinchi va xakamlar pullarini olib bulgan voqeani unitadi muxlislar asabini sog'ligini yiqotib nima oladi (muhlis uchun nimadir qilish kerak yoki stadionlarga umuman kirmaslik kerak ) var bulib shunchalik boshdan loyqalanishni tugatish kerakdek bu yil qosimovga chempionlikni vada qilingandek tuyilyapti shaxsiy fikr notug'ri yozgan bulsam sukinmay javob yozaveringlar tan oldigan joyini tan olaveraman
   
06 may 21:00:23
oltin top
уз пфл уйини қайта отказишга еки қайсидур жамоани очкосини олиб ташлашга хаққи йуқ,чунки дунёда хамма ФИФА қоидаларига амал қилишга мажбур,хакам натижага тасир қилса хакпмни сайи харакати билан бирон жамоани галабасини таминланиши аниқланса жабр курган жамоага 3 очко хакам ёрдами билан ютганга техник маглубият езилсин деган янги қоида керитишса адолатли булар эди,уша уйиндан кейин Қосимов яратганга шукир яратган қуллаб юборди бизни деб интервю берганди,аслида яратган эмас ОКМКни Лутпулин қуллаб юборган экан,бутин республикада уз хурматига эга машхур мурабий учун хакам ёрдами билан кимнидур ютиб эмоцияга берилиб қувониш шармандалик бу,футболчиларигаям уят,уша куни улар хакамни ердами билан ютиб уйиндан кейин уялмасдан финални ютгандек галабани нишонлашди,ОКМК футболчилари учун шармандаликдан бошқа нарса эмас бу,мана хақиқат қарор топиб уша куни хамма нарсани Лутпулин хал қилиб кетгани малум булди,энди ОКМК футболчилари ва мурабийлари нечи пуллик одамга айланишди? 1 тейинликка айланишди, обруларингни бахоси атиги 3 очкомиди?
   
06 may 20:37:04
Мирзаев Б
Хакамлар шу тургача бунака купол хатолари кам эди хамма хатони шу турга саклаб туришганакан айникса андижон ва навбахор ижросидаги уйинларда пенальти йуклиги вар оркали аник куриниб турганди
   
06 may 19:53:58
Ўзбек футболининг муҳлиси
Суперлига Хатолига бўб кетибдику
   
06 may 19:50:25
Fanat_Euro_football
Akram Berdiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким ўзи бу Синяев, кунимиз кинначиларга қоптида.
Bir paytlar chempionlar ligasida ishlagan Yevropaning eng kuchli hakamlaridan biri yutubga yozsez chqadi
   
06 may 19:13:50
Камолиддин Каримов
Ассалому алайкум Андижонлилар Андижон. Нефтчи билет сотувга чиктими билганлар айтворилар аввалдан Рахмат.
   
06 may 19:10:46
Камолиддин Каримов
Адолатли булиш учун зато килган жойдан уйинди бошлаш керак.Асли вар бор жойда хаммаси хал булиш керак
   
06 may 19:06:04
fotboll.uz
Бу хатолар ортида қанча меҳнат маблағ бор
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика