

"Aral" jamoasini Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Necha yil deganda harakat qilib, elitaga chiqdi. Ularga faqat omad tilayman. O'yinda juda ko'p vaziyat yaratdik, lekin gol ura olganimiz yo'q. Bizning kunimiz emas ekan. Lekin yigitlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular borlarini berishdi. Juda ko'p golli vaziyatlar yaratdik, omadimiz kelmadi. Futbolchilarimiz o'sishda davom etishlari kerak. Keyingi mavsumda oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilsa, harakat qilamiz. "Aral" Superligada yaxshi o'rinlar olishini tilab qolaman.
"Aral" Superligada qanday qatnashadi? Hamma narsa tayyorgarlikka bog'liq. Mavsumga munosib hozirlik ko'rishsa, autsayderlar orasida bo'lmaydi, deb o'ylayman", - dedi Zayniddin Tojiev.



