"Zarracha ham hayron qolganim yo'q". Mourinyu - "Betis" va "Barselona" o'yinidagi hakamlik haqida

Aslanov Jasurbek
19 okt 2026, 21:47
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya chempionatidan o'rin olgan "Betis" va Kataloniyaning "Barselona" jamoalari o'rtasidagi bahsdagi hakamlikka ironiya bilan munosabat bildirdi.

- O'sha oqshom men "Bavariya" - "Leyptsig" o'yinini tomosha qilayotgan edim... Keyinroq menga Sevilyada yuz bergan barcha voqealarni aytib berishdi, ammo, o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, men zarracha ham hayron qolganim yo'q! Ofisdagi navbatdagi odatiy ish kuni, - dedi Joze Mourinyu insayder Fabricio Romanoning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltirilgan xabarida.

Uchrashuvning 54-daqiqasida, hisob 2:3 bo'lib turganda, "Betis" yarim himoyachisi Fakundo Bernal Yamal bilan sodir bo'lgan to'qnashuv vaqtida "Barselona" hujumchisiga boshi bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano