

“Men "Real"ning apellyaciyasidan so'ng parda ortida yashirinib olgan odamlar uning diskvalifikaciyasiga yana bir yoki ikkita o'yin qo'shib berishadi deb o'ylagandim! Ular go'yoki shunday deyshayotgandek: "Hoy, tinchlaning va ovozingizni o'chiring! Sizda allaqachon to'rtta o'yinlik diskvalifikaciya bor, shuning uchun boshqa hech narsa gapirmang", - dedi Mourinyu matbuot anjumanida.
13 oktyabr kuni Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) Intizom qo'mitasi "Vilyarreal" himoyachisi Natan Salibaning sochidan ushlab ortga tortgani hamda qizil kartochka olganidan so'ng bosh hakamga qarata tajovuzkor etirozlar bildirgani uchun Vinisiusni to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilish haqida qaror qabul qilgan edi.



