

19 yoshli kot-d'ivuarlik futbolchi gol muallifiga aylandi.
"Diomandedan juda mamnunman. U hali ko'p narsa ustida ishlashi va yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlari talaygina. U hujumlarni yakunlash ustida ishlashi lozim. U ko'plab xavfli nuqtalarda paydo bo'ladi, biroq so'nggi teginish vaqtida xotirjamroq harakat qilishni va yaxshiroq qarorlar qabul qilishni o'rganishi kerak", – dedi portugaliyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Diomande 2026/27 yilgi mavsum "Real" safida 11 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.



