"Yuventus" Mateta bo'yicha taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
"Kristal Pelas"ning fransiyalik hujumchisi Jan-Filipp Mateta joriy qishki transfer oynasida Turinning "Yuventus" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

"Sky Sport Italia" ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" londonliklar hujumchisini 2 mln evro to'lov evaziga ijaraga olishni taklif qilgan, ammo "Kristal Pelas" bu taklifni rad etgan.

Shu manbaga tayanilsa, 28 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti shaxsan qiziqmoqda. U Matetani asosiy hujumchi Dushan Vlaxovich jarohat olganidan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.

Mateta Premer-liga joriy mavsumida 22 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia