"Al Kuvayt" – "Nasaf" uchrashuvini turkmanistonlik hakam boshqaradi

Оқил Абдубарноев
2 noya 2026, 15:50
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan Kuvaytning "Al Kuvayt" va Qarshining "Nasaf" klublari o'rtasidagi uchrashuvga hakamlar brigadasini tayinladi.

Mazkur bahsni turkmanistonlik Rasul Mammedov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ahmad Begnazarov va Mergen Allaberdiev yordam beradi.

To'rtinchi hakam vazifasini iordaniyalik Ahmad al-Xavolda bajaradi.

2.jpg

Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Kuvaytda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasida 28 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan 3-tur uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif