Fabregas: "Biz deyarli mashg'ulot o'tkazmayapmiz"

Sherzod Nurmatov
2 noya 2026, 19:55
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas A Seriya 10-turida "Veneciya" ustidan qozonilgan g'alabani (1:0) yuqori baholadi.

Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo'limda penaltini aniq amalga oshirgan Lukas da Kunya urdi.

"Maydonda hech narsa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi va bugun bu g'alaba naqadar qadrli ekanini ko'rdik. Safarda ko'plab uchrashuvlar o'tkazdik. Erishgan natijalarimizni yuqori baholayman va buni oddiy hol sifatida qabul qilib bo'lmaydi. Futbolda g'alaba qozonish juda qiyin, men buni har hafta ko'ryapman. Bugungi o'yin biz uchun principial ahamiyatga ega edi.

"Veneciya" darvoza tomon atigi bir marta aniq zarba yo'lladi. Raqibga deyarli hech narsa yaratishga yo'l qo'ymadik. Yigitlar bunday taqvimga ko'nikishmagan, o'yinlar ketma-ket kelmoqda. Biz deyarli mashg'ulot o'tkazmayapmiz, ammo shunday mentalitetda davom etishimiz kerak", – dedi Fabregas DAZN'ga bergan intervyusida.

"Komo" ushbu g'alaba tufayli 23 ochko jamg'arib, 4-pog'onada bormoqda. "Roma"da 24, "Lacio" va "Inter" hisobida esa 25 tadan ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN