Elit OCHL. “Paxtakor” – “Al Nassr” (matnli translyatsiya)

admin
2 noya 2026, 18:40
Elit OCHL 4-turidan o'rin olgan bahs boshlandi.

Elit OCHL

4-tur

“Paxtakor” – “Al Nassr” 0:0

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:45

Bosh hakam: Aleksander King (Avstraliya)

Yon hakamlar: Endryu Maymarakis, Kirni Robinson (ikkisi - Avstraliya)

Zaxira hakami: Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston)

VAR: Shon Evans (Avstraliya)

AVAR: Ovun Goldrik (Avstraliya)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan, 22.Muhammadbobur Karimov, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90.Stefan Chinedu.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 9.Ibrohim Ibragimov, 13.Muhammadali Dilshodbekov, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Abubakir Shukurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 26.Davron To'laganov, 29.Ayman Hussayn, 33.Kuvanish Saydaliev, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov.

“Al Nassr”: 24.Bento, 5.Abdulilloh Al Amri, 9.Abdulloh Al Hamdan, 10.Sadio Mane, 11.Samuel Koshta, 12.Navaf Bu Vashl, 20.Anjelo, 23.Yaxyo Ayman, 26.Inigo Martines, 70.Avad Muhsin Aman, 79.Joau Feliks.

Zaxira: 22.Hadi, 6.Saad Fahad, 8.Haydir Tavfiq, 14.Sami Alnaji, 17.Abdulloh Al Haybari, 29.Abdulrahmon G'arib, 50.Majid Qushaysh, 56.Oakan Holid, 83.Salim Abdulloh Alnaji, 94.Abdulrahmon Sufyani.

🔥 12-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Al Nassr"dan tezkor hujum. Joau Feliks jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

🔥 11-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Stefan Chinedu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi, biroq "Al Nassr" darvozaboni Bento sovuqqonlik bilan harakat qilib, to'pni oyoqlari bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

9-daqiqa. "Paxtakor" hujumi. Stefan Chinedu tomonidan yo'llangan zarba raqib himoyachisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mezbonlar burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

⚠️ 6-daqiqa. Mehmonlardan xavfli hujum. Jarima maydonchasi ichida Abdulloh Al Hamdan zarba yo'lladi, ammo uning urinishidan so'ng to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

5-daqiqa. "Al Nassr" futbolchilari burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Jarima maydonchasi tomon havolatib uzatilgan to'pni "Paxtakor" himoyachisi qaytarib, o'z darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etdi.

⏱️ 1-daqiqa. Bosh hakamning hushtagi chalindi va uchrashuv boshlandi. Maydon markazidan to'pni "Al Nassr" futbolchilari o'yinga kiritishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugungi uchrashuvda "Paxtakor" futbolchilari sariq, mehmonlar – "Al Nassr" esa qora rangli liboslarda harakat qilishadi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia