"Yuventus" "Liverpul" darvozaboni bilan shartnoma tuzmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 19:45
Turinliklar "Liverpul" posboni Alisson transferiga qiziqmoqda.

Bu haqda "Sky Sports" ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli braziliyalik Turin klubining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Ular darvozabonni qo'lga kiritish uchun katta mablag' sarflashga tayyor.

Alisson "Liverpul"ga 2018 yilda "Roma"dan qo'shilgan. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 34 o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol o'tkazib yubordi va 13 tasida darvozasini daxlsiz saqladi.

Futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning narxini 17 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports