

Virdjil van Deykning "Liverpul" sardori sifatidagi roliga hech qanday shubha yo'q, ammo yangi mavsum boshlanishi oldidan Iraola yangi sardorlar guruhini shakllantirishiga to'g'ri keldi.
Van Deyk maydonda bo'lmagan vaqtda "Liverpul" sardorlik bog'ichini Djo Gomes yoki Dominik Soboslai taqadi. Yetakchilar guruhiga kiritilgan Alissonga esa maydondagi poziciyasi sababli bog'ich berilmaydi.
"Virdjil, Alisson, Djo Gomes va Dom Soboslai sardorlar bo'lishadi. Ammo men Alissonga bog'ichni taqishning imkoni yo'qligini tushuntirdim. Chunki yangi qoida darvozabon sardor bo'lgan taqdirda katta cheklovlar tug'diradi.
Sababi, agar raqib jarima maydonchasida biror narsa sodir bo'lsa, hakam nima bo'layotgani va barcha qarorlarni aynan sardorlarga tushuntirishi kerak.
"Bornmut"da bir mavsum Neto mening sardorim bo'lgan, ammo keyin har bir o'yinni boshqa o'yinchi sardorlik vazifasini bajaradi deb boshlash to'g'ri kelmaydi.
Shunga qaramay, men u bizning etirofimizni his qilishini xohladim. Uni tanib-bilish uchun menda etarlicha vaqt bo'ldi, yanada yaqindan tanishishda davom etamiz, ammo Aliga bog'ich borasidagi qarorni tushuntirishimga to'g'ri keldi. Chunki u darvozabon, afsuski, kiritilgan yangi qoidalar darvozabon sardor bo'lgan taqdirda juda katta noqulayliklar tug'diradi", - deydi Iraolaning so'zlarini "The Independent" nashri.



