"Yuventus" Emiliano Martines bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

9 iyul 2026, 16:25
"Yuventus" klubi "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Sky Sports xabariga ko'ra, Turin klubi vakillari futbolchining agentlari bilan muvaffaqiyatli uchrashuv o'tkazishgan. Darvozabonning o'zi ham Turin klubiga o'tishga qiziqish bildirgan.

Endi turinliklar transfer shartlarini ingliz klubi bilan kelishib olishlari kerak bo'ladi.

APLning o'tgan mavsumida Martines 32 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports