"Yuventus" ikki afsonasi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2020, 19:42
"Yuventus" matbuot xizmati Janluijji Buffon va Jorjo Kellini bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Yangi kelishuv kelasi mavsumning yakuniga qadar davom etadi. Buffon 2001-2018 yillar davomida turinliklar tarkibida o'ynab, bir mavsumlik PSJdagi "tanaffus"dan so'ng yana "Yuve"ga qaytgandi. Ushbu mavsumda 42 yoshli golkiper Italiya chempionatida 7 o'yinda qatnashdi.

Kellini esa 2005 yilda "Fiorentina"dan o'tgandi. Jiddiy jarohati sababli 35 yoshli himoyachi ushbu mavsumda A Seriyaning atigi 3 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc