

"O'zbekiston tumani ahli uchun katta yangilik!
O'zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsumdan “Yaypan Farg'ona” klubimizni Pro liga musobaqasiga qabul qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu qarorda O'zbekiston tumanida mavjud infratuzilmaning hamda akademiyaning mavjudligi muhim rol o'ynadi. Ammo bunda maydon va infratuzilmani talab darajasiga olib kelish sharti qo'yildi.
Shuning uchun, Farg'ona viloyati hokimi Bozarov Hayrullo Xayitbaevich tashabbusi bilan ishchi guruh shakllantirilib, “Yaypan Farg'ona” futbol klubining maydoni va infratuzilmasini Pro liga talablari darajasiga olib chiqish bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ushbu jarayonda Farg'ona viloyati futbol associaciyasi, O'zbekiston tumani hokimligi hamda “Yaypan Fergana” klubi rahbariyati hamkorlikda ish olib bormoqda va kelgusidagi faoliyat bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.
Oldinda mas'uliyatli vazifalar va katta maqsadlar turibdi. Ushbu yo'lda barchaning qo'llab-quvvatlashi muhim", -deyiladi “Yaypan Farg'ona” klubi rasmiy xabarida.





