Yana bir rossiyalik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

6 noya 2026, 10:05
PSJ "Galatasaroy"ning rossiyalik hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.fr.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Parij klubi gruziyalik forvard Xvicha Kvaratsxeliyaning og'ir jarohatidan so'ng qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Dastlab PSJ rahbariyati yanvarda hujumkor futbolchi sotib olishni rejalashtirmagan edi. Biroq Kvaratsxeliyaning kamida olt oyga safdan chiqishi kutilayotgani bosh murabbiy Luis Enrike va sport direktori Luis Kamposni transfer rejalarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi.

Qayd etilishicha, Batrakovning shartnomasidagi tovon puli miqdori taxminan 60 million evroni tashkil etadi. Bu parijliklarning rossiyalik futbolchining klubi bilan muzokaralarini engillashtirishi mumkin, garchi ehtimoliy transfer katta moliyaviy mablag' talab qilsa-da.

Batrakov - PSJ nomzodini o'rganayotgan bir nechta o'yinchilardan biri. Luis Enrike asosiy futbolchilardan birini yo'qotgach, jamoaning hujumkor o'yinini turfa xil qilish imkoniyatini saqlab qolishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.fr