Pol Skoulz MYU klubni qutqarib qolish uchun sotib olishi kerak bo'lgan besh futbolchini aytib o'tdi

6 noya 2026, 09:15
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz The Good, The Bad & The Football podkasti sonlaridan birida "qizil iblislar" klubni qutqarish uchun sotib olishi shart bo'lgan beshta o'yinchi nomini aytdi.

Skoulz zarur yangi o'yinchilar sifatida "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyayns, uning jamoadoshi Deklan Rays, "Bavariya" vingeri Maykl Olise, shuningdek, Madridning "Real" klubi futbolchilari Kilian Mbappe va Djud Bellingemni tilga oldi.

"Manchester Yunayted" to'qqiz turdan so'ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va xavfli hududdagi "Kristal Pelas"ni faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qoldirmoqda. Ikkala klub hisobida ham ettitadan ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Good, The Bad & The Football