

"Bu CHLning mazkur formatdagi uchinchi mavsumi. Keling, buni unutmaylik, chunki ushbu tizim tomoshabinboplikni oshirish maqsadida ijodkor insonlar tomonidan o'ylab topilgan deb hisoblaydigan sodda odamlar bor. Yo'q, u birinchi navbatda pul uchun, shuningdek, Superliga loyihasiga qarshi yaratilgan. Ular bu pullarni qo'ldan chiqara olmasdilar. Agar siz haligacha bu formatni qiziqarli deb o'ylayotgan bo'lsangiz, munofiqlikni va eskicha fikrlashni bas qiling. Keling, 16 ta jamoa ishtirokidagi turnir o'tkazamiz, sentyabrdan maygacha faqat elita klublari va ajoyib o'yinlar bo'lsin... Chunki bu format va undagi barcha hisob-kitoblar jonimga tegdi. Bemanilikni yig'ishtirish kerak! Faqat ajoyib o'yinlar bo'ladi, sababi har bir uchrashuv katta ahamiyat kasb etadi", - dedi Riolo RMC Sport kanalining After Foot dasturi efirida.
Jurnalistdan "elita" jamoasiga misol keltirish so'ralganida, Daniel: "Aston Villa". Hozir ular kuchli sakkizlikda", deya javob berdi.
"Seshanba kungi o'yin menga qiziq bo'lmadi, chunki u hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Faqat bitta echim bor: 16 ta jamoa, elita ishtirok etishi shart. "Slovan" – "PSJ" uchrashuvi kimgadir qiziq ekanligiga bizni ishontirishga urinishni bas qiling... Bu shunchaki safsata", - deya qo'shimcha qildi mutaxassis.



