Jezush Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi

6 noya 2026, 07:50
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.

"Bu mutlaqo uning shaxsiy qarori. Bizda buni birinchi chaqiruvga qadar muhokama qilish imkoniyati bo'lgan edi. Men undan qolishni - men bilan birga o'ynashni davom ettirishni so'ragandim, chunki u menga kerak edi, - ammo men uning tanlovini qabul qilishga majburman.

U - dunyo afsonasi, Portugaliya afsonasi, milliy terma jamoa afsonasi. Bu uzoq yillar davomida milliy jamoaga juda ko'p narsa bergan o'yinchi. U - portugaliyalik yoshlarning ramzi. Uni muxlislarining aksariyati - yoshlardir. Menga "Al Nacsr"da butun bir yil davomida u bilan birga ishlash baxti nasib etdi. Shu sababli u milliy terma jamoamiz uchun, xalqimiz uchun, tariximiz uchun hamisha afsona bo'lib qoladi", - deydi Jezushning so'zlarini A Bola nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola